KURKUMA VA ZANJABIL ASOSIDAGI FITOTERAPEVTIK VOSITALARNING YURAK QON TOMIR KASALIKLARIDA QO'LLANILISHI
Keywords:
Kurkuma, zanjabil, fitoterapiya, yurak-qon tomir tizimi, kurkumin, gingerol, antioksidant, yallig‘lanishga qarshi ta’sir, ateroskleroz, qon bosimi, yurak mushagi.Abstract
Mazkur maqolada kurkuma (Curcuma longa) va zanjabil
(Zingiber officinale) o‘simliklaridan olingan bioaktiv moddalarning yurak-qon tomir
tizimiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri yoritilgan. Fitoterapiya yurak kasalliklarini tabiiy
usullar bilan davolash va profilaktika qilishda muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Kurkuma tarkibidagi kurkumin hamda zanjabildagi gingerol va shogaol moddalari
antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va qon aylanishini yaxshilovchi xususiyatlarga ega.
Ularning birgalikda qo‘llanishi qon bosimini me’yorga keltirish, ateroskleroz
rivojlanishining oldini olish, yurak mushaklarini himoyalashda yuqori samaradorlik
ko‘rsatadi. Maqolada ushbu o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, ta’sir mexanizmi hamda
klinik tadqiqotlar asosida yurak-qon tomir kasalliklarida qo‘llanilish istiqbollari tahlil
qilingan.
References
1. Qodirova G. M., Jo‘rayev Sh. A. Fitoterapiya asoslari. – Toshkent - 2020.2. Karimova N. B. Dorivor o‘simliklarning farmakologik xususiyatlari. Toshkent -
2019.
3. Raxmonov M. A., Abduqodirov B. I. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida o‘simlik
preparatlarining o‘rni. – Andijon tibbiyot instituti ilmiy jurnali, 2022.
4. Ismoilova D. N. Kurkuma va zanjabilning xalq tabobatida va zamonaviy tibbiyotda
qo‘llanilishi. Toshkent - 2023.
5. Aggarwal B. B., Harikumar K. B. Potential therapeutic effects of curcumin, the anti
inflammatory agent from turmeric. Biochemical Pharmacology, 2009.