BACHADON BO’YNI RAKI BILAN OG’RIGAN BEMORLARDA GARMANAL FON O’ZGARISHI.

Authors

  • Azamxonova Sarvinozxonposhsho Saydobitxon qizi Author

Keywords:

Bachadon bo‘yni saratoni, gormonal fon, estrogen, progestron, prolaktin, kortizol, gipofiz bezi.Bachadon bo‘yni saratoni, gormonal fon, estrogen, progestron, prolaktin, kortizol, gipofiz bezi.

Abstract

 Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, har yili O’zbekistonda 1660 nafar 
ayolga bachadon bo’yni saratoni tashxisi qo’yiladi. Afsuski, har yili mamlakatda 
bachadon bo’yni saratonidan 585 dan ortiq ayollar vafot etadi. Vaholanki, ko’pgina 
bunday holatlarning oldini olish mumkin edi. Bachadon bo’yni saratoni sog’liq uchun 
jiddiy muammo bo’lib, butun dunyo bo’ylab ayollar orasida keng tarqalgan saraton 
turlaridan biridir. Erta aniqlash va oldini olish ushbu kasallik xavfini kamaytirishda hal 
qiluvchi ro’l o’ynaydi. Ushbu maqolada bachadon bo’yni saratoni, jumladan, uning 
sabablari, belgilari, bosqichlari, diagnostikasi, davolash va oldini olish haqida chuqur 
tushuncha berilgan. Ushbu maqolada bachadon bo‘yni saratoni bilan og‘rigan 
bemorlarda gormonal fonning o‘zgarishlari kuzatilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 
ushbu kasallikda ayol organizmida jinsiy gormonlar muvozanati buzadi. Ayniqsa, 
estrogen gormoni miqdori ortib, progesteron darajasi kamayishi natijasida 
giperestrogeniya holati yuzaga keladi. Bu esa bachadon bo‘yni to‘qimalarida o‘sma 
jarayonining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, gipotalamus-gipofizar tizim 
faoliyati ham o‘zgarib, gonadotrop gormonlar (FSH va LH) sekretsiyasi buziladi. Ba’zi 
hollarda gipofiz va buyrak usti bezlari faoliyatining kuchayishi natijasida prolaktin 
hamda kortizol darajasi oshishi mumkun. Bachadon bo‘yni saratoni bilan og‘rigan 
bemorlarda gormonal fonning buzilishi, kasallikning rivojlanishi va kechishida muhim 
ahamiyat kasb etadi.

References

1. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) Cervical cancer: prevention and control.

2. Sh. N. Nazarov, T. O. Usmonov, “Onkologiya” – Tibbiyot oliygohlari uchun darslik,

Toshkent, 2020.

3. D. M. Xidirova, “Ayollar kasalliklari” (Ginekologiya) Toshkent - 2019.

4. National Cancer Institute (NCI, USA) – Cervical Cancer Treatment (PDQ®)

5. UzMedPortal.uz – Bachadon bo‘yni saratoni haqida umumiy ma’lumot (2023).

6. N. R. Jo‘rayev, “Reproduktiv salomatlik va ginekologiya asoslari”. Toshkent - 2021.

Published

2025-10-30

How to Cite

BACHADON BO’YNI RAKI BILAN OG’RIGAN BEMORLARDA GARMANAL FON O’ZGARISHI. (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 80(2), 240-248. https://journalss.org/index.php/obr/article/view/4010