SPORTCHILARDA TRAVMANING OLDINI OLISH CHORALARI
Keywords:
Og’ir atletika,yengil atletika,gimnastika,travma,fizoterapevtik usul, reablitatsiya,psiholagik tayorgarlik,to’g’ri ovqatlanish,profisianal.Abstract
Inson sog‘lig‘i eng katta boylik hisoblanadi. Ayniqsa profisianal
yoki havaskor sport bilan shug‘ullanuvchi insonlar uchun sog‘liqni saqlash va uni
doimiy nazoratda tutish nihoyatda muhimdir. Har qanday sport turi jismoniy faollik
bilan bog‘liq bo‘lib u ma’lum darajada tanaga yuklama beradi. Bu esa ba’zida
kutilmagan shikastlanishlar ya’ni travmalar xavfini tug‘diradi. Ayniqsa og‘ir atletika,
futbol, yengil atletika, kurash, gimnastika kabi sport turlarida travma olish ehtimoli
yuqoridir.Statistik ma’lumotlarga ko‘ra
har yili yuz minglab sportchilar turli
darajadagi jismoniy shikastlanishlar bilan shifokorlarga murojaat qilishadi. Bunday
holatlar sportchining nafaqat sog‘lig‘iga, balki uning sportdagi muvaffaqiyatlariga,
ruhiy holatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Travmalar sport faoliyatini vaqtincha yoki
butunlay to‘xtatishga olib kelishi mumkin. Shu sababli, sportda travmalarning oldini
olish, ya’ni profilaktikasi juda muhim masaladir. Bugungi kunda tibbiyot va sport
fanlarining rivojlanishi bilan birgalikda sportchilarda travmalarning oldini olish
yo‘llari ham takomillashmoqda.
References
1. Sport tibbiyoti asoslari O.A. Tadjibayeva, Toshkent 2019
Mashg‘ulot rejasi va travma profilaktikasi bo‘yicha umumiy tushunchalar olingan.
2. Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi N.A. Karimov Toshkent 2020
Yuklamani to‘g‘ri rejalashtirish va sport turiga moslashuv haqida.
3. Sport fiziologiyasi T.K Qodirov Toshkent 2018