ORQA MIYA SHIKASTLANMALARINI JARROHLIK YO’LI BILAN DAVOLASH USULLARI
Keywords:
Orqa miyani jarrohlik yoli bilan davolash, orqa miya shikastlanganda birinchi yordam, sfinkter funksiyasi, orqa miyya shikastlanganda suyaklarining sinishi, laminektomiya.Abstract
Orqa miya inson organizmining markaziy asab tizimiga kiruvchi
muhim tuzilma bo‘lib, tana harakati, reflektor faoliyat, sezuvchanlik va ichki organlar
faoliyatini boshqarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Orqa miya shikastlanmalari
(OMS) - bu asosan yuqori energiyali travmalar natijasida yuzaga keladigan va
insonning harakatlanish, sezish hamda avtonom funksiyalarini izdan chiqaradigan
og‘ir
nevrologik holatdir. Bunday shikastlar nafaqat bemorning jismoniy
salomatligiga, balki psixologik, ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga ham kuchli ta’sir
ko‘rsatadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, orqa miya shikastlanmalari ko‘p hollarda
yo‘l-transport hodisalari, balandlikdan yiqilishlar, sport bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar,
ishlab chiqarishdagi avariyalar yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘ravonlik natijasida yuzaga
keladi.
References
1. A.K. Belyaev, Neyroxirurgiya asoslari 2021.
2. S.V. Lobozin, Travmatalogiya va neyroxirurgiya atlaslari 2019.3. Travmatalogiya va ortopediya asoslari, R.S Toxtasinov, Toshkent Tibbiyot
Akademiyasi 2020.
4. C. Benzel, Spine Surgery Techniques, Complication Avoidance, and Management
2018.
5. WHO Report-international Perspectives on Spinal Cord Injury 2016.