YURAK TRANSPLANTATSIYASIDA AMALIY TAJRIBA VA BIOETIK MUAMMOLAR.
Keywords:
Yurak transplantatsiyasi, donorlik, bioetika, immunologik moslik, miya o‘limi, axloqiy mas’uliyat.Abstract
Mazkur maqolada yurak transplantatsiyasi (yurak ko‘chirib
o‘tkazish) jarayonining tibbiy-amaliy jihatlari va u bilan bog‘liq bioetik muammolar
tahlil qilinadi. Yurak transplantatsiyasi og‘ir darajadagi yurak yetishmovchiligi
bo‘lgan bemorlar hayotini saqlab qolishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.
Maqolada transplantatsiya jarayonining tarixiy rivojlanishi, donor tanlash mezonlari,
immunologik moslik, operatsiyadan keyingi reabilitatsiya bosqichlari va bemor hayot
sifatiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, organni donorlikka berish, miya o‘limini
aniqlash, bemor roziligi, transplantatsiya navbatidagi adolat va axloqiy mas’uliyat kabi
bioetik muammolar chuqur tahlil etiladi. Tadqiqotning maqsadi - yurak
transplantatsiyasi sohasidagi amaliy yutuqlarni tibbiy va axloqiy nuqtai nazardan
baholash hamda bu jarayonning inson huquqlari va hayot qadri bilan bog‘liq jihatlariga
e’tibor qaratishdir.
References
1. Karimov A.A., Raximov B.B. “Klinik kardiologiya” Toshkent - 2021.
2. Yo‘ldoshev Sh.M., Ismoilov U.T. “Transplantologiya asoslari” Toshkent - 2020.
3. O‘rozboyeva N.X. “Tibbiy bioetika” Toshkent - 2019.
4. Abdurahmonova M. “Klinik anatomiya” Toshkent - 2022.
5.
Johns Hopkins Medicine. Heart Transplantation Overview and Ethical
Considerations. Baltimore, 2023.