ZAMONAVIY TA’LIM VA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

Authors

  • Xadjiyev Mirzabek Karshibay o`g`li Author

Keywords:

Shunday ekan, bugungi kunda ta’lim jarayoni oldiga erkin va mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yildi. Bu maqsadni amalga oshirish esa zamonaviy pedagog oldiga bir qator mas’uliyatlarni yuklaydi.

Abstract

Milliy istiqlol sharofati tufayli respublikamizda boshqa ijtimoiy sohalar qatori 
ta’lim va tarbiya sohasining ham umumjahon ta’lim standartlariga mos holda 
rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar, moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar yaratildi. 
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya sohasida olib boriladigan ishlarning 
dasturilamali bo‘lgan ta’lim to‘g‘risida shunday degan edi: “Maktabda oʻqitish 
metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham oʻzgarmaydi1”. 
Dunyodagi zamonaviy oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikalarini oʻrganib, yurtimiz 
umumtaʼlim maktablarida joriy qilish muhimligi taʼkidlandi. Xalq taʼlimi vazirligiga 
ushbu tajriba asosida Milliy oʻquv dasturini ishlab chiqib, 2021/2022 oʻquv yilidan 
boshlab taʼlim jarayoniga sinov tariqasida tatbiq etish vazifasi qoʻyildi. Yangi 
metodikani samarali yoʻlga qoʻyish uchun barcha maktab oʻqituvchilari videoaloqa 
orqali xorijiy mutaxassislar ishtirokida oʻqitiladi. Eng muhimi, bu jarayonlarga 
pedagogika yoʻnalishidagi universitet va institutlar ham jalb qilinib, pedagog kadrlar 
tayyorlash metodikasi ham yangilanadi.

References

Umuman olganda, kompetensiyaviy yondashuv konsepsiyasi an’anaviy ta’lim

mazmun-mundarijasini zamonaviylashtirishni taqozo etadi. Bunga mutaxassislar ham,

o‘qituvchilar birday mas’uldirlar. Kompetentli shaxs deganda: mustaqil fikrlay

oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan, savodxon shaxs tushuniladi.

Shuning uchun jamiyat ta’lim oldiga o‘quvchi shaxsida fikrlash, o‘zgalar fikrini

anglash va fikr mahsulini og‘zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olish, ya’ni

mustaqil va ijodiy tafakkurni hamda kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish

vazifasini qo‘yadi.

Published

2025-11-03

How to Cite

ZAMONAVIY TA’LIM VA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV. (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 80(3), 359-365. https://journalss.org/index.php/obr/article/view/4283