O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LEKSIK MA’NONING SEMALARI TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI

Authors

  • Sattarqulova Shalola Author

Keywords:

Bu izohli lug‘at tuzilgan yillarda leksik ma'no semik tahlil usuli bilan o‘rganilmas edi; hozir qayta tuzilayotgan izohli lug‘atda leksik ma'nolar semik tahlil asosida ta'riflanishi lozim; shunda oldingi nashrida yo‘l qo‘yilgan juda ko‘p nuqsonlar bartaraf qilinadi.

Abstract

Leksik ma'no mavhum hodisa bo‘lib, uning mohiyati, mundarijasini aniq 
tasvirlash uzoq yillar davomida muammo bo‘lib kelar edi. XX asr tilshunosligining eng 
muhim yutuqlaridan biri leksik ma'noni uzvlarga parchalab o‘rganish usulining kashf 
etilishi bo‘ldi. Bu usul avval komponent analiz metodi deb, keyinchalik semik analiz 
metodi deb nomlandi (komponent – lot. componentis - tarkib toptiruvchi, 
qatnashuvchi, sema - yunoncha sema - belgi). Leksik ma'noning semalari voqelikka 
nisbat berib ajratiladi. Bunda semalar keng tushunchadan tor tushunchaga tomon 
ketma-ket belgilanadi. Masalan, qo‘l- leksemasi bosh leksik ma'nosining semalarini 
ajratishda avval jonli predmet tushunchasi (jonsiz predmetlarga zid qo‘yib), keyin 
kishi tushunchasi (boshqa jonlilarga zid qo‘yib) hisobga olinadi; shundan keyin kishi 
tanasi, kishi tanasining a'zosi semalari belgilanib, so‘ngra ta'riflanayotgan a'zo 
tananing qaysi qismida qanday joylashgani (yelkadan barmoq uchigacha), qanday 
vazifani bajarishi (ushlash) aniqlanadi; yuqorida sanalgan belgilardan har biri 
ta'riflanayotgan leksik ma'noning semalari hisoblanadi, leksik ma'no ana shu semalar 
asosida ta'riflanadi. Yuqorida sanalgan belgilar (semalar) asosida qo‘l- leksemasining 
bosh leksik ma'nosini kishi tanasining yelkadan boshlanib barmoq uchigacha davom 
etadigan, ushlash vazifasini bajaradigan a'zosi deb ta'rifladik. Bu ta'rifni qo‘l- 
leksemasining shu leksik ma'nosiga "O‘zbek tilining izohli lug‘atida berilgan ta'rif 
bilan qiyoslang: odamning barmoq uchlaridan yelkasigacha bo‘lgan qismi, a'zosi. 

References

1. Абаев

Н.В.

Основы

теории

языкознания –

реликтология.

http://dodoy.ru/index.php?option=com_content&view=article&id=54:zapozdaloe

poslanie-slavnomu-turu-xejerdalu-iz-osetii-ot-nikolaya-abaeva-chast

1&catid=39:etimologiya&Itemid=79

2. Лолаев Т. П. Сўзни қурилиш ҳақида (ДЗИРД). Нартс æвзаг − нартс тили (2

қисм)

3. https://vk.com/wall-162306154_11630

https://scientific-jl.org/obr

379

Published

2025-11-04

How to Cite

O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA LEKSIK MA’NONING SEMALARI TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI. (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 80(4), 376-380. https://journalss.org/index.php/obr/article/view/4441