YASHIL LOGISTIKA VA UNING MDH MAMLAKATLARI UCHUN AHAMIYATI

Authors

  • Adashaliyev Miraziz Mirzohidjon o‘g‘li Author
  • Nazirov Jaloliddin Shuxratjon o‘g‘li Author

Keywords:

yashil logistika, barqaror rivojlanish, transport sektori, MDH mamlakatlari, karbon chiqindilar, ekologik siyosat, iqtisodiy samaradorlik, yashil brend, yashil texnologiyalar, yashil ombor, bio energiya, transport emissiyalari.

Abstract

Ushbu maqolada yashil logistikaning Mustaqil davlatlar 
hamdo‘stligi tashkilotiga a’zo davlatlarning iqtisodiyotidagi o‘rni o‘rganildi. Dunyo 
miqyosidagi barqaror infratuzilma va yashil logistikaning ahamiyati ko‘rib chiqildi. Bu 
yondashuv MDH mamlakatlari uchun ham muhim, chunki bu mintaqada transport 
sektori katta hajmda karbon chiqindilari chiqaradi. Qozog‘iston, O‘zbekiston, Rossiya 
va Qirg‘izistonning transport emissiyalari hamda yashil logistika siyosati tahlil qilindi. 
Mamlakatlar transport va logistika sohasida barqaror rivojlanish siyosatini 
kuchaytirish, uglerod chiqindilarini kamaytirish hamda yashil texnologiyalarni joriy 
qilish qanchalik muhim ekanligi aytilgan.

References

1.

qonunchilikni takomillashtirish orqali targ‘ib qilishi lozim. Masalan, yoqilg‘i importini

kamaytirish maqsadida barqaror elektr transport zaryad shoxobchalari, temiryo‘l

elektrizatsiyalari qurilishi kerak. Tadbirkorlar va transport-kompaniyalar logistika

jarayonlarini raqamlashtirish, yo‘llarni optimallashtirish, tirbandlikni kamaytirib

yetkazib berishni tezlashtirish uchun pulli yo‘llar joriy etish, ekologik tashish

usullariga o‘tish orqali samaradorlikni oshirishi zarur. Bundan tashqari optimal yuk

tashish, qayta ishlash va qayta ta’minot tizimlariga yuqori darajada e’tibor qaratishi

lozim. Bu orqali ular xarajatlar, vaqt, quvvatni tejay oladi. MDH mamlakatlari

o‘rtasida yashil logistika bo‘yicha tajriba almashish, umumiy standartlar ishlab chiqish

maqsadga muvofiq. Bunda BMT, Osiyo taraqqiyot banki va ekologik partiya(green

party)lar kabi tashkilotlar bilan hamkorlik loyihalari ustuvor bo‘lishi kerak.

Shuningdek, ushbu mavzuda ilmiy izlanishlar, kadrlar malakasini oshirish orqali

mutaxassislar tayyorlashni rivojlantirish zarur. Yaqin kelajakda yashil logistika sohasi

raqamli boshqaruv tizimlari va aqlli transport platformalari orqali transport oqimlarini

avtomatlashtirish, AI(suniy intelekt)ni qo‘llash, qayta ishlash, “aylanma iqtisodiyot”

prinsiplari asosida ta’minot zanjirini barqarorlashtirish, bioyoqilg‘i va vodorod

yordamida harakatlanadigan transportining ro‘yobga chiqishi kutilmoqda. Yuqoridagi

tavsiyalar va yondashuvlar amalga oshirilsa, yashil logistika davlatlar rivojiga sezilarli

darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari milliy iqtisodlar barqaror va ekologik

jihatdan xavfsiz bo‘lgan infratuzilma asosida o‘sadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

World Bank. https://www.worldbank.org/en/topic/transport/overview

2.

(2024)

Asian Transport Observatory. Uzbekistan – Transport and Climate Profile

https://asiantransportobservatory.org/documents/156/Uzbekistan-climate

profile.pdf

3.

(2024)

Asian Transport Observatory. Kazakhstan – Transport and Climate Profile

https://asiantransportobservatory.org/documents/205/Kazakhstan-transport

and-climate-policy.pdf

Published

2025-11-04

How to Cite

YASHIL LOGISTIKA VA UNING MDH MAMLAKATLARI UCHUN AHAMIYATI . (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 80(5), 37-44. https://journalss.org/index.php/obr/article/view/4466