DAKRIOTSISTIT VA QURUQ KO‘Z SINDROMI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK
Keywords:
Dakriotsistorinostomiya o‘tkazilgan bemorlarda quruq ko‘z sindromi rivojlanish chastotasini, og‘irlik darajasini va ularning o‘zaro patofiziologik bog‘liqligini baholash Farg‘ona viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasida o‘tkazildi. Jami 60 nafar surunkali dakriotsistit tashxisi bilan DSR o‘tkazilgan bemorlar o‘rganildi. Ulardan 30 nafari - endoskopik, 30 nafari - tashqi usulda operatsiya qilingan. Barcha bemorlarda operatsiyagacha va undan 3 oy o‘tgach Schirmer testi, BUT (tear break-up time) va Ocular Surface Disease Index (OSDI) ko‘rsatkichlari baholandi. Quruq ko‘z sindromi OSDI ≥ 20 ball bo‘lgan hollarda qayd etildi.Abstract
Ko‘z yoshi tizimi ko‘z sirtining namligini saqlash, optik tiniqlikni
ta’minlash va infektsion omillarga qarshi himoyani bajaruvchi muhim anatomik
funksional kompleksdir. Dakriotsistitda yoshi oqimi buziladi, ko‘z sirtida yallig‘lanish
va epitelial disfunksiya yuzaga keladi. Dakriotsistorinostomiya (DSR) bu patologiyada
yoshi yo‘lini qayta tiklashning asosiy usuli hisoblanadi. Shu bilan birga, ko‘plab klinik
kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, ayrim bemorlarda DSRdan keyin quruq ko‘z sindromi
(QKS) simptomlari paydo bo‘lishi yoki mavjud belgilar kuchayishi mumkin. Bu holat
yoshi ishlab chiqarilishi va oqimining fiziologik muvozanati buzilishi bilan bog‘liq
bo‘lib, DSRning uzoq muddatli samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli,
DSR va QKS o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish dolzarb klinik masalalardan biridir.
References
Dakriotsistorinostomiya nafaqat ko‘z yoshi oqimini tiklaydi, balki ko‘z
sirtining fiziologik muvozanatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi usulda bajarilgan
DSRdan so‘ng quruq ko‘z sindromi rivojlanish xavfi endoskopik usulga nisbatan 3
baravar yuqori bo‘lishi aniqlangan. Shu bois, DSR rejalashtirilayotgan bemorlarda
operatsiyagacha ko‘z yoshi sekretsiyasini baholash, operatsiyadan keyin esa sun’iy
ko‘z yoshi tomchilarini qo‘llash va yallig‘lanishga qarshi profilaktika o‘tkazish tavsiya