ENDONAZAL DAKRIOTSISTORINOSTOMIYA OPERATSIYASINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Keywords:
Tadqiqotdada 40 nafar surunkali dakriotsistit bilan og‘rigan bemorlar ishtirokida o‘tkazildi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 45,3 ± 2,1 yil bo‘lib, 30 nafari (75%) ayollar, 10 nafari (25%) erkaklar edi. Ular ikki guruhga ajratildi: birinchi guruh (20 nafar bemor)da an’anaviy tashqi dakriotsistorinostomiya, ikkinchi guruh (20 nafar bemor)da esa endonazal endoskopik dakriotsistorinostomiya bajarildi.Abstract
Ko‘z yoshi yo‘llarining surunkali obstruktiv kasalliklari
oftalmologiyada keng tarqalgan bo‘lib, ular umumiy ko‘z kasalliklarining 6–12 foizini
tashkil etadi. Surunkali dakriotsistit bemorlarda yallig‘lanish jarayonlarini kuchaytirib,
ko‘z yoshi oqimining buzilishiga va hayot sifatining pasayishiga olib keladi. Ushbu
holatni bartaraf etishda eng samarali jarrohlik usul - dakriotsistorinostomiya
hisoblanadi. So‘nggi yillarda an’anaviy tashqi usul bilan bir qatorda endonazal
endoskopik dakriotsistorinostomiya usuli ham keng qo‘llanilmoqda. Endoskopik
usulning afzalliklari - minimal invazivlik, qisqa tiklanish davri va yuqori estetik
natijalar bilan bog‘liq. Shu bois, mazkur tadqiqotning maqsadi turli DSR usullarining
samaradorligini taqqoslab, optimal variantni aniqlashdan iborat bo‘ldi.
References
Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, endonazal endoskopik
dakriotsistorinostomiya an’anaviy tashqi usulga nisbatan kamroq asoratlar, qisqa
tiklanish davri va estetik jihatdan yuqori natijalarni ta’minlaydi. Operatsiya
muvaffaqiyati endoskopik usulda 90%, tashqi usulda esa 75% ni tashkil etdi. Shunday
qilib,
endonazal endoskopik dakriotsistorinostomiya surunkali dakriotsistitni
davolashda yuqori samaradorlikka ega, zamonaviy va estetik jihatdan afzal usul
hisoblanadi. Uni amaliy oftalmologiyada keng joriy etish, ayniqsa yosh va faol
bemorlar orasida, maqsadga muvofiqdir.