BOLALARDA EKRAN QARAMLIGINING RIVOJLANISHGA SALBIY TA’SIRI VA UNI KAMAYTIRISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
Keywords:
ekran qaramligi, bola psixologiyasi, rivojlanish, texnologiya, diqqat, tarbiya, ota-ona, media gigiyenaAbstract
Ushbu maqolada bolalarda ekran qaramligining shakllanish
sabablari, uning psixik, emotsional va jismoniy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan.
Zamonaviy texnologiyalar — telefon, planshet, kompyuter va televizor kabi
vositalardan ortiqcha foydalanish bolaning diqqatini, muloqot ko‘nikmalarini,
tasavvuri va hissiy barqarorligini susaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ekran
ortida uzoq vaqt o‘tkazish miya faoliyatini sekinlashtiradi, ijtimoiy moslashuvni
qiyinlashtiradi hamda jismoniy faollikni pasaytiradi. Maqolada ekran qaramligini
kamaytirishning psixologik, pedagogik va oilaviy usullari, xususan, ota-onalarning
namunasi, media gigiyena va vaqtni rejalashtirish orqali sog‘lom foydalanish
madaniyatini shakllantirishga doir tavsiyalar berilgan.
References
1. G‘oziev E. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi,
2010. – 320 b.
2. Abdullaeva R. Bola psixologiyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. – 276 b.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat
nashriyoti, 2008. – 176 b.