HIND TILSHUNOSLIGI VA KELIB CHIQISH TARIXIY BOSQICHLARI
Keywords:
Hind tilshunosligi. 2. Sanskrit. 3. Paniniy .4. Ashtadhyayi. 5. Veda tili 6. Brahman davri. 7. Til tarixi. 8. Fonetika. 9. Morfologiya. 10. Semantika. 11. Sintaksis. 12.Grammatik an’ana. 13. Filologiya. 14. Dravid tillari. 15. Hind yevropa tillari. 16. Tarixiy bosqichlar. 17. Til madaniyati. 18. Tilshunoslik maktablari. 19. Til qurilishi. 20.Qadimgi hind olimlari.Abstract
Ushbu ishda hind tilshunosligining shakllanishi, rivojlanishi va
tarixiy bosqichlari ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda Hindiston hududida qadimdan
mavjud bo‘lgan til madaniyati, sanskrit tili va uning grammatik an’analari asos qilib
olingan. Xususan, tilshunoslikning ilk nazariy poydevorini yaratgan Paniniyning
“Ashtadhyayi” asari, vedalar tilining fonetik va grammatik tahlillari, shuningdek, hind
filologiyasining o‘rta asr hamda zamonaviy davrlardagi rivojlanish jarayonlari ko‘rib
chiqilgan. Ishda hind tilshunosligi bosqichma-bosqich qanday taraqqiy etgani, turli
davr olimlarining til qurilishi, fonetika, morfologiya, semantika va sintaksisga
qo‘shgan hissasi ochib beriladi. Mazkur annotatsiya hind tilshunosligining nazariy
asoslarini, tarixiy taraqqiyot yo‘lini hamda bugungi kunda ushbu yo‘nalishning
ahamiyatini yoritib berishga qaratilgan.