"MUFRADOT " - MUAMMO JANRINING BADIIY- NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Akramova Mushtariybonu Nazirjon qizi Author

Keywords:

muammo, Mufradot, talmeh, tamsiya, tabdil, strukturaviy birlik, harfiy san’at. O‘zbek mumtoz adabiy

Abstract

 Ushbu maqolada Alisher Navoiyning mumtoz   adabiyotdagi 
muhim janrlardan biri — muammoga bag‘ishlab yaratgan “Mufradot” asarining 
badiiy-strukturaviy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda asarda qo‘llanilgan 
harfiy san’atlar, muammo yechimini shakllantiruvchi arabiy yozuv tizimi, talmeh, 
tamsiya, tabdil kabi badiiy usullar va ularning mazmuniy vazifalari yoritiladi. 
Muammo janrining jahon adabiyotidagi anagramma, akrostix kabi harfiy o‘yinlarga 
yaqin jihatlari, shuningdek, Navoiy tomonidan janrning nazariy asoslari, ifoda 
shakllari va yechimni topish metodikasi mukammal ishlab chiqilgani ko‘rsatib 
beriladi. “Mufradot” asarining janr doirasidagi o‘rni, unda muammoning ramziy, 
ko‘p ma’noli va murakkab qatlamlarga tayangan holda tuzilishi, uning o‘zbek 
mumtoz poetikasidagi ahamiyati maqola markazida ilmiy yondashuv asosida 
o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari muammo janrining tarixiy taraqqiyoti, o‘ziga xos 
kompozitsion yechimlari va bugungi adabiyotshunoslikda qayta talqin qilinayotgan 
qimmati haqida yangi ilmiy qarashlarni taqdim etadi. 

References

1.Qarshiyeva Shohsanam Abdurashidovna “Alisher Navoiy muammolarida shakl va

mazmun masalasi”. Maqola. “The innovator in science –2022

2.АЛИШЕР НАВОИЙ ВА ШАРҚ РЕНЕССАНСИ III ХАЛҚАРО СИМПОЗИУМ

МАТЕРИАЛЛАРИ

"JAVOIR-ILM-NASHR" ТОШКЕНТ – 2024

Published

2025-12-03

How to Cite

"MUFRADOT " - MUAMMO JANRINING BADIIY- NAZARIY ASOSLARI. (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 82(4), 272-276. https://journalss.org/index.php/obr/article/view/7680