CHAYNOV TISHLARNI OLINGANDAN KEYIN ASORATLANISH XAVFI YUQORI BO‘LGAN BEMORLARDA KOMPLEKS TEKSHIRUVNING AHAMIYATI
Keywords:
Chaynov tishlarni olingandan keyingi yallig‘lanish asoratlari xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlashda kompleks tekshiruvning diagnostik qiymati va profilaktik samaradorligini tahlil qilish.Abstract
Chaynov tishlar ekstraksiyasi stomatologik amaliyotda eng ko‘p uchraydigan
jarrohlik muolajalaridan biri bo‘lib, ushbu muolajadan keyingi yallig‘lanish asoratlari
(alveolit, peri-alveolyar infiltrat, yumshoq to‘qimalarda odontogen infeksiyalar
natijasida yuzaga keladigan absess, flegmonalar) bemorlarning 15–35% ida kuzatilishi
mumkin. Asoratlarning vujudga kelishida og’iz bo’shlig’i mikroflora, ekstraksiya
natijasidagi travma, umumiy somatik kasalliklar, og’iz bo’shlig’ gigiyenasi, qon
laxtasining barqarorligi va immunologik holat muhim rol o‘ynaydi. Biroq, klinik
amaliyotda xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni ekstraksiyadan oldin yetarlicha aniqlash
ko‘pincha e’tibordan chetda qolmoqda. Kompleks diagnostika, shu jumladan somatik
holatni, og‘iz gigiyenasini, periodontal to‘qimalarni, koagulatsiya ko‘rsatkichlarini va
rentgenologik holatni baholash asoratlarning oldini olishda sezilarli ahamiyatga ega.
Shuningdek, kompleks tekshiruvning ilmiy asoslangan yondashuv sifatida o‘rganilishi
dolzarb hisoblanadi.
References
1. Halabí D, Escobar J, Muñoz C, Uribe S. Study confirms certain risk factors for
development of alveolar osteitis. J Oral Maxillofac Surg. 2012 May;70(5):1040
4.
2. Afrah Akram – “Literature review of dry socket: etiology, pathogenesis,
prevention, and management.” International Journal of Community Medicine
and Public Health
3. “Common risk factors of dry socket (alveolitis osteitis) following dental
extraction: A brief narrative review.” Journal of Stomatology, Oral and
Maxillofacial Surgery, 2018.