ALISHER NAVOIYNING " LISON UT -TAYR " ASARI TAHLILI
Keywords:
Alisher Navoiy, “Lison ut-Tayr”, tasavvuf, badiiy ramz, Simurg‘, komillikka intilish, ma’naviy kamolot, mumtoz adabiyot, timsollar talqini.Abstract
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” asaridagi
yetti vodiy tavsifi, g‘oyaviy yo‘nalishi va ramziy mazmuni tahlil qilinadi. Asarda
qushlar sayohati orqali insonning ma’naviy yetuklikka erishish yo‘lidagi izlanishlari
badiiy talqin etilgani ko‘rsatiladi. Maqolada Husayn Boyqaro davridagi tasavvufiy
qarashlar, ayniqsa Attorning “Mantiq ut-Tayr”iga tayanilgan badiiy an’analar ochib
beriladi. Qushlar obrazining ramziy ma’nosi, Simurg‘ timsolining ruhiy poklanish va
ilohiy haqiqatni topish g‘oyasi bilan bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, asarning
ma’rifiy ahamiyati, Navoiy tomonidan ilgari surilgan insonning komillik sari intilishi
haqidagi fikrlar tahlil etilib, “Lison ut-Tayr”ning o‘zbek mumtoz adabiyoti
taraqqiyotidagi o‘rni asoslab beriladi.
References
1.“Lison ut-tayr”. Alisher Navoiyning 20 jildlik Mukammal asarlar toʻplami 12-j. (T.,
1996)
2.Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. – Toshkent, 2019. – B. 171.
3.Navoiy Alisher. Lison ut-tayr (nasriy bayoni bilan)-Toshkent.