KO’KRAK QAFASINING OCHIQ VA YOPIQ SHIKASTLANISHLARI

Authors

  • Rustamov Eldorbek Elyorbek O’g’li Author
  • Aripova Nargiza Kazbekovna Author

Keywords:

patogen, sinishlar, diffirensial, travmatologik, klinik, immobilizatsiya, pnevmotoraks, torakotsenoz, gemotoraks, palpatsiya, plevra, infeksiya.

Abstract

Ushbu maqolada ko‘krak qafasining ochiq va yopiq sinishlari, 
ularning patogenezi, klinik belgilari hamda tashxislash va davolash tamoyillari 
atroflicha yoritiladi. Ko‘krak qafasi jarohatlari travmatologiya amaliyotida eng xavfli 
jarohatlar sirasiga kiradi, chunki ular nafas olish funksiyasini izdan chiqarishi, ichki 
a’zolar – o‘pka, plevra, yurak va qon tomirlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. 
Yopiq sinishlar ko‘proq mexanik zarba yoki kuchli siqilish natijasida yuzaga kelib, 
klinik jihatdan og‘riq, nafasning cheklanishi va palpatsiyada og‘riqlilik bilan namoyon 
bo‘ladi. Ochiq sinishlar esa teri yaxlitligining buzilishi, suyak uchlarining tashqi muhit 
bilan aloqadorligi va infeksiya xavfining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Maqolada ushbu 
jarohatlarning asosiy differensial belgilari, rentgen va KT asosidagi diagnostik 
yondashuvlar, shuningdek konservativ hamda jarrohlik davolash usullari tizimli 
ravishda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bemorlarni shoshilinch yordam ko‘rsatish 
protokoli, og‘riqsizlantirish, immobilizatsiya va pnevmotoraks yoki gemotoraks 
rivojlangan hollarda bajariladigan torakotsentez kabi muhim amaliy choralar ham 
yoritilgan. Bu mavzu bo‘yicha chuqur tahlil travmatologik amaliyotda samarali qaror 
qabul qilish va asoratlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

References

1.

Ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i va qorin parda orti sohasi a’zolarining

shikastlanishlari va xirurgik kasalliklari. Samarqand, 2022

2. Sherbekov U.A. Travmatologiya asoslari. Samarqand, 2024

3. Shiroff A.M., Seamon M.J., Kaplan L.J. Management of Chest Trauma: A Practical

Guide. Springer, 2022

4. McKee M.D., Schemitsch E.H. Injuries to the Chest Wall: Diagnosis and

Management. Springer, 2015

5. Singh M., Kim D. The Emergency Medicine Trauma Handbook. Cambridge

University Press, 2019

6.

Kollektiv mualliflar. Chest Blunt Trauma: A Modern Approach to a

Multidisciplinary Disease. 2020

7. Ashika Jain, Muhammad Waseem. StatPearls: Chest Trauma. 2025

8. Chest Wall Trauma: Rib Fractures and Pulmonary Contusions. 2025

9. Management of Blunt Chest Trauma. 2023

Published

2025-12-05

How to Cite

KO’KRAK QAFASINING OCHIQ VA YOPIQ SHIKASTLANISHLARI. (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 82(6), 16-25. https://journalss.org/index.php/obr/article/view/8043