SHAXS
Keywords:
Inson jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib, uning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, tutgan mavqei va faoliyati “shaxs” tushunchasi orqali izohlanadi. Psixologiya fanida shaxsning shakllanishi, rivojlanishi, faoliyati va undagi psixik jarayonlar chuqur o‘rganiladi. Shaxsning jamiyatdagi roli, ichki dunyosi hamda tashqi muhit bilan aloqasi mazkur mavzuning markazida turadi.Abstract
Ushbu maqolada psixologiyada muhim tushuncha sanaladigan shaxs
fenomeni keng yoritilgan. Maqolada shaxsning mazmun-mohiyati, individ va shaxs
o‘rtasidagi farqlar, shaxsning ichki psixik tuzilishi – endopsixika, shuningdek, uning
tashqi ijtimoiy faoliyat va munosabatlarda namoyon bo‘ladigan jihatlari – ekzopsixika
haqida izohlar beriladi. Jahon psixologiyasida mashhur bo‘lgan Z. Freyd, A. Maslou,
G. Allport, B. Skinner kabi olimlarning shaxs haqidagi nazariyalari o‘zaro taqqoslab
bayon etilgan.
References
Shaxs — bu muayyan jamiyatda yashovchi, ijtimoiy tajribaga, ong va tafakkurga
ega, faoliyat orqali o‘zini namoyon qiluvchi insondir. Inson tug‘ilganda shaxs bo‘lib
tug‘ilmaydi; u hayot jarayonida, tarbiya, ta’lim, muhit va tajriba ta’sirida asta-sekin