SURXON DAVLAT QOʻRIQXONASI HUDUDIDA TARQALGAN VERONICA L. TURKUMI TURLARNING BIOEKOLOGIYASI VA TARQALISHI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Veronica L., turkum, tur, ildiz, barg, poya, gul, gulkosacha, gultoji, hudud, qoʻriqxona, togʻ, gidrofit, efemer.Abstract
Annotasiya. Veronica L. turkumi — Plantaginaceae oilasining yuksak darajada evolyutsiyalashgan va morfologik jihatdan xilma-xil turlarini o‘z ichiga olgan yirik taksonlaridan biri bo‘lib, Surxon davlat qo‘riqxonasi florasida alohida fitosistematik o‘rin egallaydi. Ushbu turkumga mansub turlar nafaqat hududning floristik boyligini belgilovchi muhim komponent sifatida, balki ekologik barqarorlikni ta’minlovchi elementlar sifatida ham alohida ahamiyatga ega.
Global miqyosda Plantaginaceae oilasiga tegishli 107 ta turkum va ularning tarkibiga kiruvchi 2277 ta tur mavjudligi aniqlangan bo‘lsa [12], Veronica L. turkumi esa hozirgi paytda 508 dan ortiq tur bilan yer yuzining turli geobotanik mintaqalarida tarqalgan [12]. O‘rta Osiyo floristik mintaqasida ushbu turkumga mansub 49 ta tur qayd etilgan bo‘lib [1], ularning 23 dan ortig‘i O‘zbekiston hududida qayd etilgan [2], Surxondaryo viloyatida esa 17 ta turi uchrab, ularning barchasining gerbariy namunalari jamlangan va hozirda TASH gerbariy fondida saqlanmoqda.
Mazkur maqolada Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida tarqalgan Veronica L. turkumining 10 ta turiga oid bioekologik tavsiflar, morfologik belgilarning xususiyatlari va ekologik moslashuv mexanizmlari ilmiy tahlil asosida bayon etilgan.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Определитель растений Средней Азии. T.2. Ташкент Фан, 1974.
2. Флора УзбекистанаИздательство том 2. "Маьнавият" Ташкент 1955.
3. Невиский. К.Ш., Бешко Н.Ю., Попов В.A. Ботaник геогрaфичеcкое невский С.А. Материалы к флоре Кугитангтау и его предгорий. В кн. Флора и систематика высших растений – М., Л.: Изд. АН СССР, 1937– С.
4. Тожибaев К.Ш., Бешко Н.Ю., Попов В.A. Ботaнико-геогрaфичеcкое рaйонировaние Узбекиcтaнa // Ботaничеcкий журнaл, т. 101, вып. 10, 2016. – C. 1105-1132.
5. Хасанов Ф.О. Краткий очерк растительности Кугитанга // Тез. докл. юбил. науч. конф. молодых ученых и спец-тов посев 60-летию ЛКСМ Узб-на, 1985. – С. 167-168.
6. Ибрагимов Акрам Жавлиевич. Сурхон Давлат Қўриқхонасининг Флораси (Кўҳитанг Тизмаси), Дис канд. биол. наук., Тошкент-2010.
7. Флора СССР том 6. В 6-е годы. – М., Л.: Изд. Академия наук СССР, 1934-1964.
8. Ачилова Наргиза Тухтаназаровна. Сурхон-Шеробод ботаник-географик раиони флораси. Дис канд. биол. Наук. 03.00.05-Ботаника, Карши-2021.
9. Inom Juramurodov, Rustam Uralov. Assessment of plant diversity in the Surkhan-Sherabad Region, Uzbekistan by grid mapping.
Foydalanilgan internet saytlari:
10. https://powo.science.kew.org/
11. https://www.plantarium.ru/
12. https://www.The World Flora Online.org/