AVESTONING YANGI O’ZBEKISTONGA TUTGAN O’RNI
Keywords:
Kalit so’zlar. Dualizm, Axura Mazda, Anxramaynu, Axuramazdo, Sanskrit, arshakiylar, sivilizatsiya, “Zand Avesto” Govamard, Qayumars, “Hayot yoʻriqnomasi”.Abstract
Annotatsiya. “Avesto” – miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Markaziy Osiyo hududida, Xorazm vohasida yaratilgan va “Avesto”, yaʼni “Hayot yoʻriqnomasi” deb nomlangan kitob; zardushtiylik dinini shakllantirishga asos boʻlgan nazariy manbalarning umumiy nomi va bu dinning asosiy kitobi.“Avesto” Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi davrlardagi moddiy va maʼnaviy hayoti, diniy qarashlari, olam va odam toʻgʻrisidagi tasavvur, urf-odat va qadriyatlari haqida maʼlumot beradi. Asarda Miloddan avvalgi XIII asrdan to milodning IV asrigacha boʻlgan davrdagi tarixiy voqealar aks etgan. Olis ota-bobolarimizning aql-zakovati, qalb qoʻri mahsuli boʻlmish bu noyob yodgorlikning zamon toʻfonlaridan, qancha-qancha ogʻir sinovlardan oʻtib, bizning davrimizgacha yetib kelganining oʻzi bugun biz yashab turgan koʻhna oʻlkada qadimdan buyuk madaniyat mavjud boʻlganidan guvohlik beradi. Unda maʼnaviy yuksaklikka daʼvat etish, odamlar oʻrtasida mehr-oqibat tuygʻularini mustahkamlashga oid fikrlar, ezgu gʻoyalar, maʼbudlar shaʼniga aytilgan madhiyalar, duolar ham oʻz ifodasini topgan. Dualizm, ruh va moddiy hayotning oʻzaro uygʻunligini tan olishga asoslangan zardushtiylik diniga koʻra, butun olam yorugʻlik va zulmat, hayot va oʻlim, tana va jon, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va tobelik singari qarama-qarshi hodisalar oʻrtasidagi azaliy va abadiy kurash asosiga qurilgan. Bu kurash yaxshilik xudosi Axura Mazda bilan yomonlik tangrisi Axriman orasidigi doimiy olishuv timsolida hech qachon toʻxtamaydi. Tarixchi Masʼudiyning yozishicha, podsho Doro ibn Doro xazinasida “Avesto”ning 12 ming oltin taxtaga, Balxiyning “Forsnoma” kitobi va Abu Rayhon Beruniy asarlarida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra esa, 12 mingta mol terisiga tillo suvida yozilgan 32 ta kitobdan iborat nusxasi boʻlgan. Makedoniyalik Aleksandr miloddan avvalgi 334–329-yillarda Markaziy Osiyoni zabt etgan davrda “Avesto”ning koʻpgina sahifalari yoqib yuborilgan. Uning tibbiyot, falakiyot, falsafa va adabiyotga doir boʻlimlari esa yunon tiliga tarjima qilingan.
References
1.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T., Sharq, 1998.
2.Sulaymonova F. Sharq va G’arb.-Toshkent. Fan, 1997.
3.Avesto. O’zbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.) T.:2001.
4. “Avesto”dan (tarj. M. Isoqov) O’zbek tili va adabiyoti jurnali, 1999. №2-
5.Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.Т.: 1969
6. H. Hamidov. “Avesto” fayzlari. – Т.: 2001
7. N.Rahmonov. “Avesto”ning paydo bo’lishi. “O’zbekiston ovozi” 2001, 26.
8. N. Rahmonov. “Avesto”: Zamin, vatan demakdir. – “O’zbekiston ovozi” 2001, 25 sentyabr.
9. www.e-tarix.uz
10. www.ziyonet.uz