TOVLAMACHILIK JINOYATINI KVALIFIKATSIYA QILISHDA OBYEKTIV TOMONNING AHAMIYATI
Keywords:
Kalit so‘zlar: tovlamachilik, jinoyat tarkibi, obyektiv tomon, kvalifikatsiya, jinoyat huquqi, sud amaliyoti, jinoyat kodeksi, harakat va oqibat, tergov jarayoni.Abstract
Ushbu maqolada tovlamachilik jinoyatini kvalifikatsiya qilish jarayonida obyektiv tomonga xos belgilar va ularning huquqiy baholanishdagi o‘rni yoritilgan. Jinoyat tarkibini aniqlashda obyektiv tomon ya’ni harakat yoki harakatsizlik, sodir etilgan joy, vaqt, usul hamda oqibat kabi omillarning aniqligi muhim hisoblanadi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga tayangan holda, tovlamachilik jinoyatining amaliy misollari tahlil qilingan hamda sud amaliyotidagi ayrim holatlar asosida obyektiv tomonning noto‘g‘ri baholanishi natijasida yuzaga kelgan xatoliklar ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishda obyektiv tomonni chuqur tahlil etishning ahamiyati, tergov va sud organlari faoliyatida ushbu mezonlarning qo‘llanish mexanizmi amaliy misollar orqali ko‘rsatib o‘tilgan.
References
1. Tursunov, B. (2022). Jinoyat huquqi: Umumiy va xususiy qism bo‘yicha tahliliy sharhlar. Toshkent: O‘zbekiston davlat yuridik universiteti nashriyoti.
2. Qodirov, A. (2023). Tovlamachilik jinoyatini kvalifikatsiya qilishda obyektiv tomonning o‘rni va ahamiyati. Toshkent: “Adolat” nashriyoti.
3. Sodiqova, N. (2021). O‘zbekiston sud amaliyotida jinoyat tarkibini aniqlashning nazariy va amaliy asoslari. Samarqand: “Ilm ziyo” nashriyoti.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori (2024-yil 16-dekabr). Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida. Toshkent: Oliy sud rasmiy byulleteni, lex.uz.