YOSHLAR VA STARTAP IQTISODIYOTI: O‘ZBEKISTONDAGI IMKONIYATLAR
Abstract
XXI asr – innovatsiyalar, texnologiyalar va kreativ iqtisodiyot asri sifatida tavsiflanadi. Bugungi global iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bu — startap iqtisodiyotidir. Startaplar yangi g‘oyalarni tezkor sinab ko‘rish, texnologik yechimlar ishlab chiqish va bozorga tez chiqish orqali iqtisodiy o‘sishni jadallashtiradi.
O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda yoshlar orasida startap faoliyati va tadbirkorlikka qiziqish sezilarli darajada oshdi. Bunga davlatning yoshlarga oid siyosati, IT-parklari, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari, xorijiy investorlar bilan hamkorlik dasturlari ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yoshlar startap iqtisodiyotida eng faol qatlam bo‘lib, ular yangi texnologiyalarni tez o‘zlashtiradi, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega va global bozor talablarini yaxshi his qiladi.