OʻQUVCHILARNI KASBGA TAYYORLASH VA QIZIQISHLARNI ANIQLASHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Keywords:
Kalit soʻzlar: kasb,moyillik,bitiruvchi,mehnat,layoqat,harakat,muloqot,ruhiy rivojlanishAbstract
Annotatsiya:O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish davlat ahamiyatiga ega
bo’lgan masala. Yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash g’oyat muhim vazifadir.
Shu boisdan yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish muammosi umumiy o’rta ta’lim
maktabi ishida katta o’rin tutadi. “Mening orzuim”, “Kim bo’lsam ekan”, “Men sevgan
kasb”, “Kasbning yomoni yo’q”, “Kasbim faxrim” degan mavzular har bir maktab
bitiruvchi yigit va qiz oldida turgan asosiy muammolardan biridir. O’quvchilarning
o’qishga bo’lgan chanqoqligini qondiruvchi birinchi ziyo – chashma bu maktabdir.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarda kasblar tiplarini mustaqil holda bilish (Inson-tabiat,
inson-texnika, inson-badiiy timsol, inson-belgili tizim), tanlayotgan kasbning
talablarini o’z shaxsiy sifatlari bilan qiyoslay olish, o’z moyilligi, qobiliyati,
salomatligi tanlanayotgan kasbga muvofiqligini to’g’ri baholash ko’nikmalari
shakllanishi lozim. O`qituvchining kasb-hunarga yo’naltirishdagi asosiy vazifasi – har
bir bitiruvchi o’quvchini, uning kasbga va bilimga qiziqishlarini, moyillik, ehtiyojlari,
atrof-muhitni, oilaviy ahvolini yaxshi va har tomonlama o’rganishdan iborat bo’lishi
kerak.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:
1. Abdukodirov A.A., Rashidov X.F. O’zluksiz ta’lim tizimida o’quvchilarni
kasb-hunarga yo’naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. //
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya. T.: Maktab va xayot, 2002.-220 b.
2. Bozorova S. Oliy ta’limda kasbiy yunaltirilgan o’qitish texnologiyalari.
3. – T.: Fan, 2006, - 126 b.
4. Xolmatov P. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasi. Monografiya.
-T.:Fan. 2006
5. Xolmatov P. Raximov B. Darsdan tashqari mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarni
kasb-hunarga yo’naltirish texnologiyasi.-T.:Fan.2006.
6. Кучукбоев Ф.М. O`quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish jarayonida
qo`llaniladigan pedagogik texnologiyalar. Т. 2016.
7. Ziyo.net