INKLYUZIV TA’LIMDA TARBIYA MASALALARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, tarbiya, alohida ta’lim ehtiyojlari, tolerantlik, ijtimoiylashuv, bag‘rikenglik, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, insonparvarlik, o‘zaro hurmat.Abstract
Annotatsiya. Inklyuziv ta’lim tizimida tarbiya masalalari dolzarb muammo
bo‘lib, u bolalarning nafaqat bilim olishi, balki shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiylashuvi va
jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyatga ega. Alohida ta’lim ehtiyojlari
bo‘lgan bolalarning odatdagi sinfdoshlar bilan birgalikda tarbiyalanishi ularning o‘ziga
bo‘lgan ishonchini oshiradi, ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantiradi hamda tolerantlik
ruhida ulg‘ayishlariga yordam beradi. Tarbiya jarayonida pedagoglar, ota-onalar va
jamiyat vakillarining hamkorligi zarur bo‘lib, ular farzandlarda insonparvarlik, mehr-
oqibat, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni qaror toptirishga xizmat qiladi. Inklyuziv
ta’limda tarbiya masalalari shuningdek, o‘quvchilar orasida do‘stona munosabatlarni
shakllantirish, kamsitish va ajratilishning oldini olish, ijobiy muhit yaratishni talab
etadi. Bunda ta’lim muassasalarida psixologik xizmat, qo‘shimcha pedagogik qo‘llab-
quvvatlash va ijtimoiy loyihalar katta ahamiyat kasb etadi. Shu tariqa, inklyuziv
ta’limdagi tarbiya jarayoni kelajak avlodni komil inson sifatida shakllantirishda muhim
omil hisoblanadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020–2025 yillarda inklyuziv ta’limni
rivojlantirish konsepsiyasi” PQ–4860-son Qarori. – Toshkent, 2020. – 12 b.
2. Zunnunov A., Mahmudov N. Pedagogika nazariyasi va tarixi. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2015. – 320 b.
3. Shodmonov E., Sattorov A. Pedagogik mahorat va tarbiya metodlari. – Toshkent:
Fan va texnologiya, 2019. – 256 b.
4. Xolbekov M. Insonparvarlik va bag‘rikenglik tarbiyasi. – Toshkent: Ma’rifat, 2016.
– 210 b.