INKLYUZIV GURUHLARGA EGA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLALARNING ALOHIDA TA’LIM OLISH EHTIYOJLARI VA INDIVIDUAL IMKONIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, individual imkoniyatlar, alohida ta’lim ehtiyojlari, differensial yondashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiylashuv, hamkorlik, qobiliyatlarni rivojlantirish, bag‘rikenglik.Abstract
Annotatsiya. Inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotida
bolalarning alohida ta’lim olish ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini hisobga olish
zamonaviy pedagogikaning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Har bir bola o‘zining
fiziologik, psixologik va intellektual xususiyatlariga ega bo‘lib, ta’lim jarayonida
ularning ehtiyojlariga mos sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega. Inklyuziv
guruhlarda bolalarga differensial yondashuv asosida mashg‘ulotlar tashkil etiladi,
ularning qiziqishlari, qobiliyatlari va rivojlanish sur’atlari inobatga olinadi. Bu
jarayonda pedagog va psixologlarning hamkorligi, shuningdek ota-onalarning faol
ishtiroki katta ahamiyat kasb etadi. Bolaning individual imkoniyatlarini ochib berish
orqali unda ijtimoiylashuv, o‘z-o‘ziga ishonch, muloqot ko‘nikmalari va ijodkorlik
rivojlanadi. Shu tariqa, maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv guruhlarning tashkil
etilishi nafaqat alohida ehtiyojli bolalarning ta’limga jalb qilinishini, balki barcha
bolalarning teng sharoitlarda tarbiyalanishini ta’minlab, jamiyatda bag‘rikenglik va
insonparvarlik qadriyatlarini mustahkamlaydi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. G‘ofurov K. Umumiy pedagogika asoslari. – Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2018. – 340
b.
2. Mahmudova Z. Maxsus pedagogika va inklyuziv ta’lim. – Toshkent: Innovatsion
rivojlanish, 2020. – 198 b.
3. Shodmonov E., Sattorov A. Pedagogik mahorat va tarbiya metodlari. – Toshkent:
Fan va texnologiya, 2019. – 256 b.
4. Abduqodirov A.A. Psixologiya va pedagogika asoslari. – Toshkent: O‘zMU
nashriyoti, 2014. – 280 b.