2020-2025-YILLARDA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI VA ,,YO‘L XARITASI”
Keywords:
Kalit so‘zlar: Inklyuziv ta’lim, rivojlantirish konsepsiyasi, 2020–2025-yillar, “Yo‘l xaritasi”, imkoniyati cheklangan shaxslar, ta’lim tizimi, ijtimoiy adolat, tenglik, pedagogik qo‘llab-quvvatlash, barqaror rivojlanish.Abstract
Annotatsiya. 2020–2025-yillarda O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni
rivojlantirish konsepsiyasi va unga mos “Yo‘l xaritasi” mamlakat ta’lim tizimida
muhim o‘zgarishlarga asos bo‘ldi. Ushbu davrda barcha bolalarning, jumladan,
imkoniyati cheklangan shaxslarning ham sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini
kengaytirish maqsadida kompleks dasturlar ishlab chiqildi. Konsepsiya doirasida
ta’lim muassasalarida qulay sharoitlar yaratish, o‘qituvchilar malakasini oshirish,
maxsus pedagogik va psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimlarini joriy etish nazarda
tutilgan. “Yo‘l xaritasi”da bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan chora-tadbirlar,
ya’ni infratuzilmani modernizatsiya qilish, elektron resurslarni joriy etish, hamkorlik
mexanizmlarini mustahkamlash va monitoring tizimini shakllantirish belgilangan.
Mazkur chora-tadbirlar inklyuziv ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish, ta’limda
tenglik va adolatni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Konsepsiya va “Yo‘l xaritasi” ta’lim
sohasida ijtimoiy adolat, insonparvarlik va barqaror rivojlanishga yo‘naltirilgan muhim
hujjatlar sifatida ahamiyat kasb etadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2021.
3. Karimova Sh. Inklyuziv ta’limning nazariy asoslari va amaliyoti. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2022.
4. Jo‘rayev B. Pedagogik texnologiyalar va inklyuziv ta’lim. – Samarqand: SamDU
nashriyoti, 2021.