ERON TARIXIDA TURKIY SULOLALARNING SIYOSIY VA DAVLATCHILIK TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Eron, turkiylar, Saljuqiylar, Safaviylar, Afshorlar, Qojarlar, turkmanlar, davlatchilik, siyosiy hokimiyat.Abstract
Eron tarixida turkiy sulolalar XI asrdan XX asr boshlariga qadar uzluksiz siyosiy
hukmronlik qilgan bo‘lib, mamlakat davlatchiligi, harbiy tizimi va siyosiy
tuzilmasining shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynagan. Ushbu maqolada turkiylarning
Eron hududiga kirib kelishi, siyosiy hokimiyatni egallash jarayoni hamda
Saljuqiylardan Qojarlargacha bo‘lgan turkiy sulolalarning davlat boshqaruvidagi o‘rni
tarixiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda turkiy sulolalarning Eronni markazlashgan davlatga
aylantirishdagi hissasi, harbiy-siyosiy ustunligi va fors-turkiy madaniy sintez jarayoni
ochib beriladi. Maqolada Eron tarixida turkiy sulolalar hukmronligi mamlakatning
siyosiy barqarorligi va hududiy yaxlitligini ta’minlashda muhim omil bo‘lganligi
asoslab beriladi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Bosworth C.E. The Ghaznavids. Edinburgh, 1963.
2. Peacock A.C.S. The Great Seljuk Empire. Edinburgh, 2015.
3. Savory R. Iran under the Safavids. Cambridge, 1980.
4. Axworthy M. The Sword of Persia: Nader Shah. London, 2006.
5. Amanat A. Iran: A Modern History. Yale University Press, 2017.
6. Hambly, Gavin R. G. “Aga Muhammad Khan and the Establishment of the Qajar
Dynasty.” In The Cambridge History of Iran, Vol. 7, Cambridge: Cambridge
University Press, 1991.