TELEVIDENIEDA MILLIY QADRIYAT

Authors

  • Kamola Sobitjonova Author

Abstract

Annotatsiya.  “O‘zbekiston”  telekanalida  milliy  qadriyatlar  mavzusidagi 
ko‘rsatuvlar tahlil qilingan. O‘zbek milliy qadriyatlar tarixi, ijtimomiy ahamiyati va 
hozirgi  davrdagi  holati  ko‘rsatuvlarda  o‘rganilgan.  Milliy  qadriyatlar  mavzusida 
ko‘rsatuvlar tayyorlashda jurnalist mahorati va dunyoqarashiga baho beriladi. Ilmiy 
ishda  milliy  qadriyatlarimiz  asosida  yaratilgan  adabiyot  va  san’at  asarlari 
yoshlarimizni tarbiyalashdagi ahamiyatiga qaratilgan. Dunyo miqyosida globallashuv 
jarayonlari kuchayib, mamlakatimizga ommaviy madaniyat ko‘rinishdagi ajdodlardan 
avlodlarga  o‘tib  kelayotgan  qadimiy  meros,  milliy  qadriyatlarni  asrab-avaylash 
bugunning dozarb vam muhim masalalaridan biriga aylandi. Milliy mentalitetimiz, urf-
odatlarimizga  zid  bo‘lgan  videofilm,  pornografik,  audiovizual  materiallarning  kirib 
kelayotgan bir paytda mustaqillik tufayli unitilayotgan milliy qadriyatlarimizga e’tibor 
qaratilib, uning omma orasidagi targ‘iboti kuchaydi. Ayniqsa, OAV ichida o‘zining 
jonli  ovozi,  tasviri  va  boshqa  sintetik  xususiyatlari  bilan  ta’sirchanhisoblangan 
televideniyeda  bu  sohada  samarali  ishlar  olib  borilmoqda.  Dissertatsiya    obekti 
"O‘zbekiston"  telekanali  orqali  milliy  qadryatlarga  bag‘ishlab  namoyish  etilgan 
ko‘rsatuvlarni tahlil qilgan holda, bu boradagi yutuqlar haqida batafsil so‘z yuritadi. 
Shuningdek, u yechimini kutib yotgan muammolar haqida ham atroflicha o‘rganib, 
ko‘rsatuvlar tahlili kuzatishlari asosida ma’lum kamchilik mavzuni yoritish borasidagi 
muammolarni  bartaraf  etish  uchun  yana  qaysi  jihatlarga  e’tibor  berish  lozimligi 
haqidagi taklif, tavsiyalarni beradi.  

References

Фойдаланилган адабиётлар

1. Quchqorov V. Milliy o‘zlikni anglash va barqaror tarakkiyot. T.: Sharq, 2010,

144 bet.

2. Mirziyoev.Sh.M Yuksaltirish bo‘yicha yeg‘ilishidan “qalampir.uz” 2021. 19

yanvar

Published

2025-12-22

How to Cite

Kamola Sobitjonova. (2025). TELEVIDENIEDA MILLIY QADRIYAT . TADQIQOTLAR, 76(6), 276-278. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/12216