REKLAMA JANRI VA MATNINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Jamiyatda yuz berayotgan siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotdagi o‘zgarishlar
reklama hajmini va shakllarini kundan-kunga o‘sishiga olib kelmoqda. Bu esa o‘z
navbatida reklama janri va uning tuzilishiga o‘z ta’siri o‘tkazmasdan qolmaydi.
Olimlarning aytishicha, “zamonaviy inson uzluksiz reklama muloqoti ta’siri ostida
yashayapti, chunki unga son-sanoqsiz rang-barang mahsulotlarni xarid qilishga va turli
xil xizmatlardan foydalanishga undovchi reklama xabarlarning oqimi bostirib
kelmoqda”. [1]
Ta’kidlash joizki, ko‘p hollarda reklama matnining tuzilishi bir xil yo‘sinda
bo‘ladi. Agar undagi matn hajm jihatdan katta bo‘lsa, u sarlavhadan, kirish qismdan,
asosiy qismdan va xulosa qismdan tashkil topgan bo‘ladi. Mazkur tuzilishni
o‘zgartirilishi u yoki bu iqtisodiy yoki ijtimoiy muhitdagi ruhiy ta’sir ko‘rsatuvchi
kuchni va ta’sirni kuchaytirish zarurati va’jidan atayin qilingan bo‘lishi mumkin.
Reklama ma’lumotlarining tuzilishi ikki xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi, ya’ni
lotincha usulda yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatish usulda bo‘lishi mumkin.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Медведева Е.В. Рекламная пропаганда, или «Почем опиум для народа?» /
Е.В.Медведева // Вестник МГУ. Серия 19. Лингвистика и межкультурная
коммуникация. - 2003. - № 1. — С. 22 - 35.
2. Бердышев С.Н. Рекламный текст. Методика составления и оформления :
Дашков и Ко; Москва, 2008. – 19 с.
3. Новиков М.Н. Рекламный текст в СМИ: способы обозначения целевой
аудитории / М.Н.Новиков. Автореф. дис... канд. филол. наук. — Ростов-на-
Дону, 2007. - 22 с.
4. Бердышев С.Н. Рекламный текст. Методика составления и оформления :
Дашков и Ко; Москва, 2008. – 41 с.
5. Постнова Т.Е. Прецедентные тексты в печатной рекламе / Т.Е.Постнова //
Вестник МГУ. Серия 19. Лингвистика и межкультурная коммуникация. - 2001.
- № 2. - С. 106 - 115.