INKLYUZIV TA’LIMDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Inklyuziv ta’lim, tarbiya, imkoniyati cheklangan bolalar, bag‘rikenglik, pedagogik yondashuv, ijtimoiy moslashuv, ta’lim tizimi, shaxsiy rivojlanish, psixologik qo‘llab-quvvatlash, teng imkoniyatlar.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim bugungi kunda ta’lim tizimida
muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda. Ushbu yondashuvning asosiy maqsadi
– imkoniyati cheklangan bolalar va sog‘lom tengdoshlari uchun teng ta’limiy muhit
yaratish, ularning bilim olish va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatlarini
ta’minlashdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida inklyuzivlik prinsiplari nafaqat bilim berish,
balki ijtimoiy moslashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash va shaxsiy qobiliyatlarni
rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi.
Inklyuziv ta’limda tarbiya masalalari alohida ahamiyat kasb etadi, chunki tarbiya
orqali bolalarda o‘zaro hurmat, hamkorlik va bag‘rikenglik singdiriladi. Shuningdek,
o‘qituvchilarning malakasi, metodik yondashuvlari va maxsus pedagogik vositalar bu
jarayonning samaradorligini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim
tizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari ishlab chiqilmoqda va xalqaro
tajribalar tatbiq qilinmoqda. Mazkur yondashuv nafaqat imkoniyati cheklangan
bolalarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga, balki barkamol shaxs sifatida kamol
topishiga xizmat qiladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ta’lim-
tarbiyada sifatni oshirish va inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari”ga oid
nutqlari. – Toshkent, 2020–2024. – 35 b.
2. Qodirova N. Inklyuziv ta’lim va maxsus pedagogika. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2021. – 210 b.
3. Nishonova Z. Ta’lim jarayonida pedagogik yondashuvlar. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2018. – 176 b.
4. Rasulov A. O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya masalalari: tarix va zamonaviylik. –
Toshkent: Ma’naviyat, 2020. – 195 b.
5. Karimova M. Psixologiya va pedagogika asoslari. – Toshkent: Akademnashr,
2019. – 224 b.
6. Xalilova G. Inklyuziv ta’limning pedagogik va psixologik asoslari. –
Samarqand: SamDU nashriyoti, 2022. – 188 b.
7. UNESCO. Inclusive Education: Guidelines for Policymakers. – Paris, 2017. –
256 p.
8. Booth T., Ainscow M. Index for Inclusion: Developing Learning and
Participation in Schools. – Bristol: CSIE, 2019. – 230 p.
9. Slee R. Inclusive Education: From Policy to Practice. – London: Routledge,
2018. – 296 p.