O‘QITUVCHINING YUZNI O‘QISH SAN’ATI, O‘ZGALARNI TUSHUNA OLISHI VA O‘ZINI NAMOYON QILA OLISH SAN’ATI
Abstract
Kirish
Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘qituvchining kasbiy muvaffaqiyati nafaqat uning
bilim va metodik salohiyatiga, balki shaxsiy psixologik va kommunikativ
qobiliyatlariga ham bog‘liqdir. Bugungi o‘quvchi faqat bilim oluvchi emas, balki
mustaqil fikrlashga, o‘z qarashlarini ifodalashga va faol ishtirok etishga qodir shaxsdir.
Shu sababli, o‘qituvchi uchun samarali muloqot o‘rnatish, o‘quvchining hissiy holatini
tushunish va o‘zini ifodalay olish san’ati juda muhimdir.
Yuzni o‘qish san’ati, o‘zgalarni tushuna olish va o‘zini namoyon qilish san’ati
pedagogik jarayonda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. U o‘qituvchiga o‘quvchilar
bilan psixologik yaqinlik o‘rnatish, darsni interaktiv va qiziqarli tarzda tashkil etish
hamda sinfda ijobiy muhit yaratishga imkon beradi. Shu bilan birga, o‘zini namoyon
qilish san’ati o‘qituvchiga o‘z fikrini aniq va tushunarli tarzda yetkazish, emotsional
ta’sir ko‘rsatish va o‘quvchilarni rag‘batlantirish imkonini beradi.
Pedagogik amaliyotda yuzni o‘qish va empatiya qobiliyatlari o‘qituvchining
professional malakasini oshiradi, sinfdagi ijtimoiy va hissiy muhitni barqarorlashtiradi
va o‘quvchilarning bilim olish motivatsiyasini kuchaytiradi. Ushbu maqolada
o‘qituvchining yuzni o‘qish san’ati, o‘zgalarni tushuna olish va o‘zini namoyon qila
olish san’atining psixologik va pedagogik mohiyati, ularning ta’lim jarayonidagi roli
va rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ekman, P. (2003). Emotions Revealed: Recognizing Faces and Feelings to
Improve Communication and Emotional Life. New York: Times Books.
2. Mehrabian, A. (1972). Nonverbal Communication. Chicago: Aldine-Atherton.
3. Leontyev, A.A. (1975). Activity, Consciousness, and Personality. Moscow:
Politizdat.
4. Ananyev, B.G. (1980). Psikhologiya Lichnosti. Moscow: Nauka.
5. Goleman, D. (1995). Emotional Intelligence. New York: Bantam Books.
6. Кан-Калик, В.А. (2001). Psikhologiya kommunikatsii. Moscow: Smysl.
7. Бандура, А. (1977). Social Learning Theory. Englewood Cliffs: Prentice Hall.