“SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA ADOLATLI SHOH G‘OYASINING ULUG‘LANISHI

Authors

  • Zakirova Maqsuda Atayevna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Saddi Iskandariy, Alisher Navoiy, adolatli shoh, Iskandar obrazi, siyosiy falsafa, ideal hukmdor, ezgulik, yovuzlik, insonparvarlik .

Abstract

Annatatsiya.  Mazkur  maqolada  Alisher  Navoiy  ijodining  yuksak 
namunalaridan biri bo‘lgan “Saddi Iskandariy” dostonida adolatli shoh gʻoyaasining 
badiiy-falsafiy talqini har tomonlama tahlil qilinadi. Tadqiqotda Iskandar obrazining 
tarixiy-afsonaviy manbalardagi talqini bilan Navoiy yaratgan ideal hukmdor qiyosiy 
yondashuv asosida o‘rganiladi. Asarda shohlik va adolat munosabati, hokimiyatning 
ma’naviy  mas’uliyati,  rahmdillik  va  donishmandlik  kabi  fazilatlarning  davlat 
boshqaruvidagi o‘rni ochib beriladi. 
Maqolada  “Saddi  Iskandariy”  dostoni  Sharq  siyosiy-falsafiy  tafakkurining 
badiiy  ifodasi  sifatida  talqin  qilinib,  unda  ilgari  surilgan  “adolatli  shoh”  g‘oyasi 
faylasuf  mutafakkirlarning  davlat  va  hokimiyat  haqidagi  qarashlari  bilan 
mushtaraklikda  yoritiladi.  Iskandar  timsolida  hukmdorning  kuch  bilan  emas,  balki 
adolat va ma’rifat orqali buyuklikka erishishi g‘oyasi asoslanadi. 
Shuningdek,  maqolada  dostonning  didaktik  va  tarbiyaviy  ahamiyati  ochib 
berilib, uni zamonaviy ta’lim jarayonida, xususan, adabiyot va ma’naviyat darslarida 
qo‘llash  bo‘yicha  amaliy  tavsiyalar  ishlab  chiqiladi.  Tadqiqot  natijalari 
adabiyotshunoslik,  siyosiy  tafakkur  tarixi  va  pedagogika  yo‘nalishlarida  olib 
borilayotgan ilmiy izlanishlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 

References

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Navoiy A. Xamsa. – Toshkent: Fan, 2011.

2. Bertels E. E. Navoiy ijodi va Sharq adabiyoti. – Toshkent, 1965.

3. Komilov N. Tasavvuf va badiiy tafakkur. – Toshkent, 2005.

4. Qayumov A. Navoiy va adabiy meros. – Toshkent, 1991.

5. Forobiy. Fozil shahar ahlining qarashlari. – Toshkent, 2004.

6. Yusupova D. O`zbek mumtoz va milliy uyg`onish adabiyoti. – Toshkent, 2016

Published

2026-01-08

How to Cite

Zakirova Maqsuda Atayevna. (2026). “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA ADOLATLI SHOH G‘OYASINING ULUG‘LANISHI . TADQIQOTLAR, 77(4), 39-42. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/14212