“HAYRAT UL-ABROR” DOSTONINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: “Hayrat ul-abror”, Alisher Navoiy, interfaol metodlar, adabiyot ta’limi, innovatsion pedagogika, badiiy matn tahlili, komil inson, axloqiy tarbiya, zamonaviy dars texnologiyalari.Abstract
Annatatsiya. Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodining durdonasi bo‘lgan
“Hayrat ul-abror” dostonini umumta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalarida
o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari ilmiy
asosda tahlil qilinadi. An’anaviy, reproduktiv o‘qitish usullarining cheklanganligi
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga faol joriy etishni talab
etmoqda. Ayniqsa, murakkab badiiy-falsafiy matnlarni talabalarga tushunarli va
qiziqarli shaklda yetkazishda interfaol metodlar muhim didaktik vosita sifatida
namoyon bo‘lmoqda.
Maqolada “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Fishbone”, “Debat”, “Rol
o‘ynash”, “Keys-stadi”, “Konseptual xarita” kabi metodlarning dostonni o‘rganish
jarayonidagi samaradorligi konkret misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot
davomida muallif interfaol yondashuvlarning o‘quvchilar tafakkurini faollashtirish,
mustaqil fikrlashni rivojlantirish, badiiy matnni tahlil qilish ko‘nikmalarini
shakllantirishdagi o‘rnini tahlil qiladi.
Shuningdek, “Hayrat ul-abror”ning axloqiy-tarbiyaviy g‘oyalari – adolat,
halollik, ilmga hurmat, komil inson konsepsiyasi – zamonaviy interfaol dars modellari
orqali qanday qilib samarali singdirilishi mumkinligi asoslab beriladi. Maqolada
tajriba-sinov natijalari hamda pedagogik kuzatishlar asosida ishlab chiqilgan metodik
tavsiyalar beriladi.
Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, interfaol metodlar asosida tashkil etilgan darslar
nafaqat bilimni mustahkamlash, balki o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar
ruhida tarbiyalashda ham yuqori samaradorlik ko‘rsatadi. Mazkur maqola adabiyot
fani o‘qituvchilari, metodistlar va pedagogika sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan
tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyat kasb etadi.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Dewey J. Experience and Education. – New York, 1938. [4: 52]
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent, 2008. [2: 30]
3. Kolb D. Experiential Learning. – Englewood Cliffs, 1984. [6: 41]
4. Navoiy A. Xamsa. – Toshkent: Fan, 2011.
5. Navoiy A. Hayrat ul-abror. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2011.
[1: 45]
6. Saidahmedov N. Pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: O‘qituvchi, 2015. [3: 78]
7. Qayumov A. Navoiy va adabiy meros. – Toshkent, 1991.
8. Yusupova D. O`zbek mumtoz va milliy uyg`onish adabiyoti. – Toshkent, 2016