ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHE’RIYATIDA MAVZULAR XILMA-XILLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Zahiriddin Muhammad Bobur, she’riyat, mavzular xilma-xilligi, lirika, ishq, vatan sog‘inchi, falsafa, mumtoz adabiyot, poetik uslub.Abstract
Annatatsiya. Mazkur maqolada buyuk davlat arbobi va shoir Zahiriddin
Muhammad Bobur she’riyatida mavzular rang-barangligi ilmiy-nazariy va badiiy-
estetik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Bobur g‘azal, ruboiy va qit’alarida aks etgan
ishq-muhabbat, vatan sog‘inchi, hayot falsafasi, sadoqat, ma’naviy poklik, hukmdorlik
mas’uliyati kabi yetakchi mavzular tizimli ravishda o‘rganiladi. Shoir ijodidagi
mavzular xilma-xilligi uning murakkab hayot yo‘li, siyosiy kurashlari va ichki ruhiy
kechinmalari bilan chambarchas bog‘liq ekani ilmiy asosda yoritiladi.
Maqolada Bobur lirikasining mumtoz turkiy adabiyot an’analari bilan uzviy
aloqasi ochib berilib, Navoiy maktabi ta’siri bilan birga shoirning individual poetik
uslubi ham alohida tahlil qilinadi. Bobur she’riyatidagi insoniy tuyg‘ularning
samimiyligi, hayotiylik va realizm unsurlarining kuchli ekani ta’kidlanadi. Uning
ishqiy she’rlari nafaqat romantik tuyg‘ularni, balki sadoqat, vafodorlik va ma’naviy
mas’uliyatni ham o‘zida mujassam etgani ko‘rsatib beriladi.
Shuningdek, maqolada Bobur lirikasida tarixiy-memuaristik ruhning
mavjudligi, shoirning shaxsiy taqdiri bilan bog‘liq iztiroblar she’riy obrazlarga qanday
singgani tahlil etiladi. Tadqiqot natijalariga tayangan holda Bobur she’riyatini
zamonaviy ta’lim jarayonida o‘rganish va targ‘ib etish bo‘yicha amaliy-metodik
tavsiyalar ishlab chiqiladi. Maqola adabiyotshunoslik, mumtoz adabiyot va
madaniyatshunoslik sohalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar uchun muhim
manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Bobur Z. M. Devon. – Toshkent: Fan, 2010.
2. Bobur Z. M. Boburnoma. – Toshkent: Sharq, 2008.
3. Bertels E. E. Bobur va uning davri. – Toshkent, 1964.
4. Komilov N. Mumtoz adabiyot masalalari. – Toshkent, 2005.
5. Qayumov A. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – Toshkent, 1991.
6. Yusupova D. O`zbek mumtoz va milliy uyg`onish adabiyoti. – Toshkent, 2016