INKLYUZIV TA’LIMGA JALB ETUVCHI O‘QUVCHILAR HAYOT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH — DOLZARB MASALA SIFATIDA
Keywords:
Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, hayot xavfsizligi, o‘quvchilar, ta’lim muassasasi, xavfsizlik muhit, ijtimoiy himoya, pedagogik mas’uliyat, favqulodda vaziyatlar.Abstract
Annotatsiya. Inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarning hayot xavfsizligini
ta’minlash masalasi zamonaviy pedagogikaning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biridir.
Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim jarayoniga jalb etish ularning ijtimoiylashuvi,
ta’lim-tarbiyasi va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bilan birga xavfsiz muhit
yaratishni ham talab qiladi. Ta’lim muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash
o‘quvchilarning jismoniy, psixologik va ijtimoiy himoyasini kafolatlashni anglatadi.
Bu borada o‘qituvchilar, psixologlar, tibbiyot xodimlari va ota-onalarning hamkorligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida favqulodda vaziyatlarga
tayyorgarlik, xavfsizlik texnologiyalaridan foydalanish hamda pedagoglarning
mas’uliyatini oshirish kabi chora-tadbirlar ham alohida ahamiyatga ega. Inklyuziv
muhitda o‘quvchilar hayot xavfsizligini ta’minlash faqatgina huquqiy va tashkiliy jihat
emas, balki insonparvarlik tamoyillarini hayotga tatbiq etish jarayonidir. Shu bois,
ushbu masalani chuqur tadqiq etish va takomillashtirish kelajak avlod ta’limining
sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasining “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi Qonuni. –
Toshkent, 2021.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020–2025-yillarda inklyuziv ta’limni
rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi qarori. – Toshkent, 2020.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Inklyuziv ta’lim bo‘yicha metodik
qo‘llanma. – Toshkent, 2022.
4. Muminov, O., Qodirova, N. Pedagogik psixologiya va inklyuziv ta’lim. – Toshkent:
Fan va texnologiya, 2021.
5. G‘aniyev, B. Ta’lim tizimida xavfsizlikni ta’minlash asoslari. – Toshkent:
Iqtisodiyot, 2020.
6. Savolov, D. Pedagogik innovatsiyalar va inklyuziv muhit. – Toshkent: Noshir,
2023.
7. Qodirova, M. Imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash metodlari. – Toshkent:
Fan, 2022.