ZAMONAVIY XIRURGIYADA HAMSHIRANING O‘RNI
Abstract
Zamonaviy tibbiyot, xususan xirurgiya sohasi kundan-kunga rivojlanib,
murakkab va yuqori texnologiyali davolash usullarini o‘z ichiga olmoqda. Ushbu
jarayonda hamshiraning o‘rni beqiyos bo‘lib, u jarrohlik jamoasining ajralmas a’zosi
hisoblanadi. Hamshira bemor sog‘lig‘ini saqlash, davolash jarayonining
samaradorligini oshirish va asoratlarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.
Operatsiyagacha bo‘lgan davrda hamshira bemorni jarrohlik amaliyotiga
tayyorlaydi. U bemorning umumiy holatini baholaydi, shifokor tomonidan buyurilgan
tahlil va tekshiruvlarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi. Shuningdek, bemorga
operatsiya jarayoni haqida tushuntirish berib, uni psixologik jihatdan tayyorlaydi. Bu
esa bemorning qo‘rquvini kamaytirib, operatsiya natijasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Hamraev A. J., Alimov A. V., A’zamxo’jaev T. S. “Xirurgiya va reanimatsiyada
hamshiralik ishi va reanimatsiya asoslari”. Toshkent - «ILM ZIYO» - 2017
2.Ziyaeva M. F., Hamedova M. A., Mirrahimova G., Murodova R. T. “Jarrohlikda
hamshiralik ishi» Niso poligraf, Toshkent, 2017 yil.
Internet saytlari
2. http ://vvvvvv.frebooks4doktors .com/fl/spec4.htm;
3. http://vvvvvv.ncbi.nlm.nih.gov/entrez/