O'ZBEK ADABIYOTIDA AYOL OBRAZI EVOLYUTSIYASI
Abstract
Oʻzbek adabiyotida ayol obrazi qadimiy folklor namunalari, o‘rta asr mumtoz
adabiyoti, jadidlar ijodi, sovet davri adabiyoti hamda mustaqillikdan keyingi
zamonaviy badiiy tafakkurda muhim mavzulardan biri bo‘lib kelgan. Har bir davr
adabiyotida ayol timsoli jamiyatning o‘sha davrdagi qarashlari, maʼnaviy qadriyatlari
va ijtimoiy hayoti bilan uzviy bogʻliq holda shakllangan. Ayol obrazi evolyutsiyasi
orqali o‘zbek xalqining madaniy, maʼrifiy va maʼnaviy taraqqiyoti ham aks
etadi.O‘zbek xalq og‘zaki ijodida ayollar ko‘pincha mehribon ona, sadoqatli yor, oqila
maslahatchi sifatida tasvirlanadi. Folklor namunalarida ayol:
oilaning asosi,
mehr-muhabbat manbai,
jasorat va fidoyilik timsoli sifatida gavdalanadi.