YUZ SOHASIDAGI ATIPIK OG’RIQLAR (ATIPIKPROZOPALAGIYALAR)
Keywords:
Kalit so‘zlar. Atipik odontalgiya, dental pleksalgiya, yuz og‘riqlari, psixogen og‘riqlar, nevralgiya, stomatologik muolajalar, vegetativ simptomlar, dizesteziya, chakka arteriiti, Xorton sindromi, differensial diagnostika.Abstract
ANNOTATSITA. Ushbu maqolada yuz sohasidagi atapik og’riqlar haqida
malumot keltirib o’tilgan. SHuningdek bu kasallik bilan yashovchi bemorlar uchun
maslahatlar ham berib o’tilgan. Kasallik 30–60 yoshlarda rivojlanadi va ayollarda ko‘p
uchraydi. Atipik prozopalgiyalar stomatologik operatsiyalardan so‘ng paydo bo‘ladi.
Bunday og‘riqlar ko‘pincha yuqori va pastki jag‘ tishlarini o‘zgartirgan va ularga
protezlar qo‘ydirgan odamlarda ko‘p kuzatiladi. Ushbu ishda yuz va jag‘ sohasida
uchraydigan og‘riq sindromlarining muhim klinik shakllari — atipik odontalgiya,
dental pleksalgiya, yuzning psixogen og‘riqlari hamda chakka arteriiti (Xorton
sindromi) atroflicha yoritilgan. Mazkur patologiyalarning kelib chiqish sabablari,
klinik belgilari, og‘riqning xususiyatlari va differensial diagnostik jihatlari tahlil
qilingan. Ayniqsa, stomatologik muolajalardan so‘ng rivojlanadigan uzoq davom
etuvchi og‘riqlarning nevrologik va psixogen mexanizmlariga alohida e’tibor
qaratilgan. Shuningdek, chakka arteriitining uch shoxli nerv nevralgiyasidan
farqlovchi klinik belgilari bayon etilgan. Ushbu ish tibbiyot talabalari, stomatologlar
va nevrologlar uchun yuz og‘riqlari diagnostikasida muhim amaliy ahamiyatga ega.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xodjiyev N.X. Karimov A.M.Nevrologiya. — Toshkent: Abu Ali ibn Sino
nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2018.
2. G‘aniyev R.Sh., Saidov S.B.Stomatologiyada og‘riq sindromlari. — Toshkent: Fan
va texnologiya, 2019.
3. Masharipov M.M.Yuz va bosh sohasidagi og‘riqlar differensial diagnostikasi. —
Toshkent, 2020.
4. Adams R.D., Victor M., Ropper A.H.Principles of Neurology. — 11th ed. New
York: McGraw-Hill, 2019.
5. Brazis P.W., Masdeu J.C., Biller J.Localization in Clinical Neurology. —
Philadelphia: Lippincott Williams & Wilkins, 2017.
6. Okeson J.P.Bell’s Orofacial Pains: The Clinical Management of Orofacial Pain. —
7th ed. Chicago: Quintessence Publishing, 2020.