MORFOLOGIK VA FONETIK SHAKLLARNING NUTQDA QOʻLLANISH DARAJASINI ANIQLASHNING TARIXIY AHAMIYATI VA AMALIY BOSQICHLARINI O‘RGANISH
Abstract
Morfologik vositalarni nutqiy uslublarda qo‘llash usullari va fonetik shakllarning
nutqda qo‘llashda turli bosqichlarni amalga oshirishimiz mumkin.Til —inson
tafakkuri va jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Uning tuzilishi va ifoda
imkoniyatlari turli darajadagi vositalar orqali namoyon bo‘ladi. Shunday vositalardan
biri bu —morfologik vositalardir. Ular so‘z yasash, so‘z turkumlari, shakl yasovchi
qo‘shimchalar orqali tilning ifodaviy imkoniyatlarini kengaytiradi. Har bir nutqiy
uslubda morfologik vositalar maqsadga muvofiq tarzda qo‘llanadi va bu holat
uslubning xarakterini belgilaydi. Ilmiy uslubda. Ilmiy uslubda morfologik vositalar
aniqlik va mantiqiylikni ta‘minlashda muhim o‘rin tutadi. Masalan, sifatdosh va
fe‘lning zamon shakllari ilmiy bayonning aniq vaqt oralig‘ida ifodalanishiga xizmat
qiladi:―Ushbu hodisa kuzatilgan holatlar asosida o‘rganildi. Bu uslubda shuningdek,
ko‘plik qo‘shimchalari, passiv va zamonli fe‘llar keng qo‘llanadi. Publitsistik
uslubda morfologik vositalar ko‘proq emotsional ta‘sir kuchini oshirish, o’quvchiga
murojaat qilish, undash maqsadida ishlatiladi. Masalan, buyruq mayli, orttirma daraja,
mustahkamlovchi yuklamalar keng qo‘llaniladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Poʻlatov A. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent: Akademnashr, 2011. 100 b.
2. Rizayev S. Oʻzbek tilining lingvostatistik tahlili. Diss. – Toshkent, 2008. 300 b.
3. Xamroyeva Sh. Oʻzbek tili morfologik analizatorining lingvistik ta’minoti.
Avtoreferat. – Fargʻona, 2021. 76 b.4.
4. Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T., 1980; Reformatskiy A.A., Vvedeniye v
yazikovedeniye, M., 1998; Jamolxonov H.A., Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T.,
20045.
5. Zamonaviy o‘zbek tili. Morfologiya. Monografiya. Toshkent, 2008. – 522 b.
6. Nurmonov A., Oʻzbek tilshunosligi tarixi, T., 2002. 132-be7
7. Ismoilov B. “ Dunyoni bilishda til va tafakkur birligi.-T.,1966.12-bet
8. Baskakov N.A., Sodiqov A.S. “Umumiy tilshunoslik ”.-T., 1979.175-bet