AUDIOVIZUAL MATERIALLAR YORDAMIDA INGLIZ TILINI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Xolmirzayeva Fotima Jamshidovna Author

Abstract

Annotatsiya:Ushbu  maqolada  audiovizual  materiallar  tushunchasi,  ularning  
chet tillarini, xususan ingliz tilini o‘rganish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati batafsil 
tahlil  qilinadi.  Audiovizual  manbalar  -video,  audio  yozuvlar,  filmlar,  seriallar, 
podkastlar, interaktiv platformalar va multimedia resurslari orqali til o‘rganishning 
nazariy  va  amaliy  jihatlari  yoritiladi.  Maqolada  bunday  materiallarning  til 
o‘rganuvchilarning tinglab tushunish (listening), o‘qish (reading), yozish (writing) va 
og‘zaki nutq (speaking) ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi samaradorligi ilmiy asosda 
tahlil qilinadi. Maqolada shadowing texnikasining mohiyati, uning ishlash mexanizmi 
hamda  ushbu  texnikaning  talaffuzni  yaxshilash  va  nutq  tezligini  oshirishdagi  roli 
alohida ko‘rib chiqiladi. 
Oʻtmishda  odamlarning  til  oʻrganishi uchun  oʻsha tilda soʻzlashadigan  odam 
bilan muntazam ravishda muloqot qilish eng samarali usul edi. Lekin bunga doim ham 
sharoit topilmasdi yoki toʻgʻri kelmasdi. Kitoblardan oʻqibgina til oʻrganish esa toʻliq 
toʻgʻri chora emas. Bunday holatda til oʻrganuvchi qabul qilgan maʼlumotini tegishli 
qoʻllamasligi, qoʻllay olmasligi yoki maʼnoni tushunmaydigan holatlarga yuz kelardi. 
Biroq bugungi kunda til oʻrganishni osonlashtirish uchun juda koʻp usullar mavjud. 
Ulardan eng samaralisi audiovizual materiallar bilan yondashib  til oʻrganish. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

1. Keldiboyeva, P. O. (2024). O‘zbek tilini chet tili sifatida o‘qitishda audiovizual

materiallardan foydalanish. Zamonaviy ilm-fan va ta’lim istiqbollari: ilmiy-amaliy

konferensiyasi materiallari (410-bet). Modern Science and Research

2. Dale, E. (1969). Audiovisual Methods in Teaching. New York: Dryden Press.

(Edgar Dale’ning "Xotira konusi" nazariyasi uchun asosiy manba).

3. Mayer, R. E. (2001). Multimedia Learning. Cambridge: Cambridge University

Press. (Audiovizual materiallarning miyada qanday ishlashi va "Dual Coding" nazariyasi

haqida)

4. Krashen, S. D. (1985). The Input Hypothesis: Issues and Implications. Beverly Hills:

Laredo.

5. Vanderplank, R. (2010). Dèjà vu? A decade of research on language laboratories,

television and video in language learning. Language Teaching, 43(1), 1-37.

6. British Council. (2023). Using video in the English language classroom. [Online

resource].

Published

2026-01-28

How to Cite

Xolmirzayeva Fotima Jamshidovna. (2026). AUDIOVIZUAL MATERIALLAR YORDAMIDA INGLIZ TILINI RIVOJLANTIRISH . TADQIQOTLAR, 79(1), 306-310. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/16944