O‘ZBEK JADID DRAMALARIDA SO‘Z TANLASH VA STATISTIK TAHLIL
Keywords:
Kalit so‘zlar: Jadid dramaturgiyasi, so‘z tanlash, leksik tahlil, statistik usul, dramatik dialog, ma’rifatparvarlik, Behbudiy, Fitrat, Hamza, Avloniy, leksik chastota, semantik yadro, dramatik konflikt, sahna nutqi, ma’rifiy g‘oya.Abstract
ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada o‘zbek jadid dramaturgiyasida so‘z tanlash
jarayoni va uning statistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Jadid dramaturglari —
Behbudiy, Avloniy, Hamza va Fitrat asarlaridagi leksik birliklarning qo‘llanish
chastotasi, mazmuniy yuki hamda sahnaviy ta’sirchanlikdagi o‘rni ilmiy asosda ko‘rib
chiqiladi. Tadqiqotda jadid dramalarida ijtimoiy-ma’rifiy mazmundagi so‘zlarning
(ilm, jaholat, ma’rifat, adolat, xalq, vatan va boshqalar) yuqori takrorlanishi asarlarning
g‘oyaviy yo‘nalishini belgilovchi asosiy omil ekani aniqlanadi. Shuningdek, ot va fe’l
turkumidagi so‘zlar ulushining ko‘pligi dramatik dialoglar dinamikasini kuchaytirishi,
gaplarning ixcham va semantik zich bo‘lishiga olib kelishi qayd etiladi. Maqola
natijalari jadid dramalarida so‘z tanlashning ongli ravishda amalga oshirilganini, uning
ma’rifatparvarlik g‘oyalarini kuchli ifodalash va sahna nutqining ta’sirchanligini
oshirishga xizmat qilganini ko‘rsatadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Behbudiy M. Padarkush. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va
san’at nashriyoti, 1991.
2. Avloniy A. Turon. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.
3. Fitrat A. Abulfayzxon. – Toshkent: Ma’naviyat, 2013.
4. Hamza Hakimzoda Niyoziy. Maysaraning ishi. – Toshkent: G‘afur G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.
5. Qosimov B. Jadidchilik harakati va adabiy jarayon. – Toshkent: Ma’naviyat, 2010.
6. Yoqubov I. XX asr o‘zbek dramaturgiyasi tarixi. – Toshkent: Fan, 1985.
7. Karimov N. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti
nashriyoti, 2014.