NAVOIY ERKIN IQTISODIY ZONASINING JOYLASHUVI VA RIVOJLANISH IMKONIYATLARI
Abstract
Erkin iqtisodiy zona – bu mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb
etishning va barqaror rivojlanishning muhim omilidir. Jahon standartlariga javob
beradigan va dunyo bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish uchun
xorijiy investitsiyalarni birinchi galda, to‘g‘idan tog‘ri investitsiyalarni jalb etish
bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalarni amalga oshirishda erkin
iqtisodiy zonalar muhim ahamiyatga ega. Chunki bunday erkin iqtisodiy zonalar
mintaqani ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini jalb
etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy
sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini tashkil etishga
imkoniyat yaratadi.
Mamlakatda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ular faoliyatiga doir
munosabatlar bir qator huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinadi. 1996-yil 25-aprelda
qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
qonuni, 1998-yil 30 aprelda qabul qilingan “Сhet el investitsiyalari”, “Chet ellik
invеstorlar huquqlarining kafolotlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi va
boshqa bir qator hujjatlar bilan tartibga solinadi. EIZ to‘g‘risidagi qonunning 1-
moddasiga ko‘ra – Erkin iqtisodiy zona – mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv
tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan va aniq belgilangan ma‘muriy chegaralari
va alohida huquq tartiboti bo‘lgan alohida maxsus ajratilgan hududdir. Erkin iqtisodiy
zona hududida yuridik shaxslar va fuqarolar (jismoniy shaxslar) xo‘jalik, moliyaviy va
boshqa moliyaviy faoliyatning istagan turlari bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida man etilgan faoliyat turlari bundan
mustasno.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. А.С.Солиев. Ўзбекистон географияси. Дарслик. –Тошкент, 2014.
2. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. “Ўзбекистон миллий
энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти. – Т.; 2000. 6 t. 228-229 betlar.
3. internet ma’lumotlari www.wikipediya.uz
4. www.lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-maydagi PF-
5719 sonli farmoni
5. www.navoiystat.uz Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi ma’lumotlari