G‘O‘ZANING RIVOJLANISH DAVRLARI VA VEGETATSIYA DAVRIGA TURLI SIDERAT EKINLAR VA OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: ekin, siderat, mosh, g‘o‘za, nav, S-8292, oziqlantirish, o‘sish- rivojlanish, vegetatsiya davri.Abstract
Annotatsiya. Maqolada Qashqadaryo viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari
sharoitida yozgi va kuzgi siderat ekinlar urug‘larini turli usullarda ekishning –
g’o’zaning S-8292 navi o’sish-rivojlanishiga ta’siri yoritilgan. Respublikaning janubiy
mintaqasi sharoitida yozgi siderat sifatida mosh va kuzgi siderat sifatida javdar ekinini
resurstejamkor usullarda ekish va tuproqqa kiritish asosiy ekin g‘o‘zaning o‘sish
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. G‘o‘zaning to‘liq pishish sanasi
nazorat variantda 16 oktabrda kuzatilgan bo‘lsa, yozgi va kuzgi sideratlarni turli
usullarda tuproqqa kiritish pishish davrini 2-5 kungacha qisqartirishi aniqlangan.
Qashqadaryo viloyati sharoitida qisqa (g‘o‘za-g‘alla) almashlab ekish 1:1 tizimida
boshoqli don hosilidan keyin yozgi siderat sifatida mosh ekini va kuzgi siderat sifatida
javdar ekini urug‘larini tuproqqa ishlov bermasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekish siderat
ekinlarni yetishtirishda sarf-xarajatlarni iqtisod qilish bilan birga g‘o‘zaning o‘sish-
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan.
References
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Лим Ю.Р. Влияние сидерации на плодородие орошаемой темнокаштановой
почвы сухостепного Заволже.: автореф.дисс.кандидата - с.х.наук: –Саратов.,
2006, -С. 23.
2. Rahimov A.R., Mo‘minov K.M. Organik dehqonchilik // O‘zbekiston qishloq
xo‘jaligining kelajagi. Qishloq xo‘jaligi resurs tejamkor texnologiyalarni yaratishva ularni ishlab chiqarishga joriy etish. Respublika ilmiy-amaliy konf. Ma’ruzalar
to‘plami. 1-qism. - Toshkent, 2014. –B. 223.
3. Tojiev M., Tojiev K.M. Oraliq va siderat ekinlar hosildordigi hamda ang‘iz va
ildiz to‘plashi// Dala ekinlari seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnologiyalarining
dolzarb yo‘nalishlari mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
materiallari to‘plami, 2-qism. -Toshkent, 2016. – B. 25-27.
4. Turopov S., Oripov R. Oraliq ekinlar va g‘o‘za hosildorligi // O‘zbekiston qishloq
xo‘jaligini rivojlantirishda yosh olimlarning roli. Samarqand shahrining 2750
yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konf. materiallari to‘plami. -Samarqand,
2007. –B. 63-64.
5. Xolmonov N. Siderat, eroziya va hosildorlik // AGRO ILM, -2009. - №4(12). –
B.32-33.
6. Xolmonov N. Siderat o‘rnida oraliq ekinlarni ekish // AGRO ILM. – 2010. - № 4.
– Б. 18.
7. Elfstrand S., Hedlund K., Mertensson A. Soil enzyme activities, microbial
community composition and function after 47 yaers of continuous green manuring
// Applied Soil Ecology Volume 35, Issue 3, March 2007, Pages 610- 621.