YER RESURSLARINI MUHOFAZA QILISHDA INNOVATSION AGROTEHNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Abstract
Hozirgi davrda global iqlim o‘zgarishi, aholining tez sur’atlarda o‘sishi hamda
qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib borishi yer resurslaridan
oqilona va samarali foydalanish masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Yer resurslari
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy omili bo‘lib, ularning degradatsiyasi,
sho‘rlanishi, eroziyaga uchrashi va unumdorlik darajasining pasayishi iqtisodiy
yo‘qotishlarga olib kelmoqda. Shu sababli yer resurslarini muhofaza qilishda
innovatsion agrotehnologiyalarni joriy etish nafaqat ekologik, balki iqtisodiy jihatdan
ham muhim ahamiyat kasb etadi.Innovatsion agrotehnologiyalar qishloq xo‘jaligida
resurslarni tejash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ekologik barqarorlikni
ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu tezisda yer resurslarini muhofaza qilishda
innovatsion agrotehnologiyalarni qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi, ularning
afzalliklari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Altukhov A.I. Ekonomika ustoychivogo razvitiya sel’skogo xozyaystva. – Moskva
: INFRA-M, 2021. – 287 s.
2. Mirzayev B.S. Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish :
monografiya. – Toshkent : Fan va texnologiya, 2021. – 228 b.
3. Rosegrant M.W. Sustainable agricultural intensification and land resource
management // Food Policy. – 2021. – Vol. 101. – P. 102–114.
4. Shirokov A.V. Innovatsionnye agrotekhnologii v zemledelii. – Moskva : Yurayt,
2022. – 304 s.
5. Xudoyberdiyev O.Sh. Yer resurslarini boshqarish va agrobiznesni rivojlantirish. –
Toshkent : Iqtisodiyot, 2023. – 264 b.