INTERFAOL METODLAR ASOSIDA MUSTAQIL O‘RGANISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Abstract
Interfaol metodlar orqali o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini
rivojlantirish zamonaviy ta’limning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bugungi
axborotlashgan jamiyat sharoitida bilim hajmining keskin ortib borishi o‘quvchilardan
faqat tayyor bilimni o‘zlashtirishni emas, balki uni mustaqil ravishda izlab topish, tahlil
qilish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasini ham talab etadi. Shu sababli ta’lim
jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o‘quvchini passiv tinglovchidan faol
ishtirokchiga aylantiradi, uning mustaqil fikrlash, izlanish va o‘z bilimini boshqarish
qobiliyatini rivojlantiradi. Interfaol metodlar o‘quvchilarning dars jarayonidagi
faolligini oshiradi, o‘qishga qiziqishini kuchaytiradi va ta’lim samaradorligini
ta’minlaydi.
References
Adabiyotlar ro‘yhati
1. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Fan va
texnologiya, 2010.
2. Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M.A. Pedagogik texnologiyalarning nazariy va
amaliy asoslari. – Toshkent: Fan, 2012.
3. Azizxodjayeva N.N. Oliy ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni,
2014.
4. Begimqulov U.Sh. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
– Toshkent: Fan va texnologiya, 2016.