AMERIKA FOJIASI DA IJTIMOIY TENGSIZLIK VA TAQDIR: SINF MASALASI MASNAVIY TALQINI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Teodor Drayzer, Amerika fojiasi, ijtimoiy tengsizlik, sinf masalasi, realizm, kapitalizm, taqdir, psixologik tahlil.Abstract
Annotatsiya: Mazkur maqolada Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi”
romanida ijtimoiy tengsizlik, tabaqalanish va shaxs taqdirining ijtimoiy omillar bilan
belgilanishi masalasi tahlil qilinadi. Asarda bosh qahramon Klayd Griffisning hayotiy
yo‘li orqali kapitalistik jamiyatning sinfiy tuzilmasi, boylik va muvaffaqiyat kultining
inson taqdiriga ko‘rsatadigan ta’siri ochib beriladi. Maqolada muallif romandagi
tasviriy vositalar, psixologik tahlil va ijtimoiy realizm elementlarini asosga olgan holda
Klaydning fojeasining ildizlari nafaqat individual qarorlar, balki tizimli tengsizlikka
borib taqalishi ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, roman orqali XX asr
boshidagi Amerika jamiyatidagi sinfiy tafovutlar, gender stereotiplari, mehnat
munosabatlari va ijtimoiy adolat masalalari o‘zaro bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi.
Tadqiqot natijalari Drayzer yaratgan badiiy olamning zamonaviy ijtimoiy tengsizlik
muammolari bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi.