O‘ZBEK TILIDA NOAN’ANAVIY KO‘MAKCHILAR, YANGI PAYDO BO‘LGAN YOKI FUNKSIYASI O‘ZGARGAN BIRLIKLARNING NAZARIY ASOSLARI
Abstract
Yordamchi so‘zlar guruhiga kiruvchi ko‘makchilarning kelib chiqishi va qaysi
turkumlar bilan bog‘liqligi hamda noan’anaviy ko‘makchilar haqida so‘z yuritar
ekanmiz. Bunda nazariy bilim berish, bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash
va izohli metod turlaridan foydalanamiz. Ko‘makchilar haqida nazariy ma‘lumotlar
bayon etilib, avvalgi ko‘nikmalar takrorlaymiz. Ko‘makchilarning boshqa so‘z
turkumlaridan ko‘makchiga aylanish jarayoni, etimologiyasidagi muammoli jarayonlar
va boshqa yordamchi so‘zlar(bog'lovchi va yuklama)dan farqli jihatlariga izoh
beramiz.
Ma’lumki, o‘zbek tilidagi yordamchi so‘zlar guruhiga bog‘lovchi, ko‘makchi va
yuklama kiradi. Ularning har biri o‘ziga xos xarakterga va tuzilishga ega.
Ko‘makchilar ular orasida eng ko‘p tasnif qilinuvchi yordamchi so‘z hisoblanadi.
Chunki ko‘makchilar boshqa yordamchi so‘zlar-bog‘lovchi yukalamalardan farqli
ravishda mustaqil ma‘nosini qisman bo‘lsa-da, yo‘qotmagan so‘zlardir. Shuningdek,
koʻmakchilar soʻzning sintaktik xususiyatini belgilab, gap boʻlagi sifatida
shakllanishini taʼminlaydi. Ma‘lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, o‘zbek tilidagi
ko‘makchilarga birinchi bo‘lib mukammal ta‘rifni professor A.N.Kononov bergan:
’’Ko‘makchilar shunday bir gruppa so‘zlariki,ular ot bilan yoki obyekt bilan predikat
orasidagi qurol-vosita, maqsad, sabab, payt, masofa, yo‘nalish, o‘xshatish kabi
munosabatning yaratilishida xizmat qiladi.’’
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o'zbek adabiy tili. O'quv
qo'llanma. Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009.
2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
Darslik.Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2010.
3. Rahimov S., Umurqulov B. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Rustamov T. Sof
ko‘makchilar.- Toshkent: Fan, 1991. - 124 b.
4. Berdiyorov H. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida so‘ngko‘makchilar: Filol.fan.
nomz. …dis-ya. - Samarqand, 1949. - 134 b.
5. Mahmudov N. Presuppozitsiya va gap; «O‘zbek tili va adabiyoti», 1986. 6- son
6. Хоjiyev А. O’zbek tilida morfologiyasi,morfemikasi vа so’z yasalishining nazariy
masalalari. - Т.: “Fan”, 2010.
7. Rаhimov А. Leksik va semantik derevatsiya muommolari. - Т.: “Navro’z”. 2011.