MORFOLOGIK VA FONETIK SHAKLLARNING NUTQDA QOʻLLANNISH DARAJASINI ANIQLASHNING TARIXIY AHAMIYATI VA AMALIY BOSQICHLARINI TADBIQ QILISH
Abstract
O‘zbek tili morfologik jihatdan agglyutinativ, grammatik shakllarning ko‘pligi
va serqirraligiga ko‘ra boy til. Har bir grammatik shaklning o‘ziga xosligi uning nutqda
turli uslublar, og‘zaki va yozma shaklda voqelanishida namoyon bo‘ladi.
Morfologik shakllarning og‘zaki va yozma nutqda qo‘llanish darajasini aniqlash,
ularni faol va nofaol turlarga ajratish mezonlarini ishlab chiqish, sermahsul
morfologik shakllarni guruhlarga bo‘lish o‘zbek tilini xorijliklarga bosqichma-
bosqich va maqsadli o‘qitish jarayonini osonlashtirishga, hozirgi o‘zbek adabiy tilida
morfologik shakllarning ishlatilishida miqdor va sifat jihatidan faolligini
aniqlashda dasturulamal sifatida xizmat qiladi, xususan, o‘zbek tili korpusida
morfologik belgilarning darajali jamlanmasining yaratilishini ko‘zda tutadi.
Morfologik birliklarning nutqda qo‘llanish darajasini aniqlashda jahon va o‘zbek
tilshunosligida bu borada qilingan ilmiy tadqiqotlarning sarhisobi va tahlilini amalga
oshirish zarur. Ma’lum tadqiq metodologiyasi asosida birlamchi vazifalar aniqlanib,
bajariladigan ishlarning “yo‘l xaritasi”ni tuzish har qanday tadqiqot uchun muhimdir.
Jahon tilshunosligida morfologik mahsuldorlik derivatsional morfologiyaning
asosiy masalalaridan biri bo‘lib, u hosilaviy morfologiyada til foydalanuvchisining
bir qancha omillariga bog‘liq tarzda o‘rganiladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Rizayev S. Oʻzbek tilining lingvostatistik tahlili. Diss. – Toshkent,
2. Xamroyeva Sh. Oʻzbek tili morfologik analizatorining lingvistik ta’minoti.
Avtoreferat. – Fargʻona, 2021. 76 b.4.
3. Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T., 1980; Reformatskiy A.A., Vvedeniye v
yazikovedeniye, M., 1998; Jamolxonov H.A., Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1qism, T.,
2004
4. Zamonaviy o‘zbek tili. Morfologiya. Monografiya. Toshkent, 2008. –522 b.
5. Nurmonov A., Oʻzbek tilshunosligi tarixi, T., 2002. 132-be7
6. Ismoilov B. “ Dunyoni bilishda til va tafakkur birligi.-T.,1966.12-bet