ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “MENI BEZOVTA QILMA HAMISHA,HAR ON…” SHE’RI TAHLILI

Authors

  • Nurmaxmatova Firuza Rasulovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Aleksandr Arkadevich Faynberg, zamonaviy o‘zbek she’riyati, lirik qahramon, ruhiy bezovtalik, ichki sukunat, tashqi shovqin, muloqot ehtiyoji, istehzo, falsafiy tafakkur, she’r va hayot munosabati, poetik ifoda, zamon ruhi, inson ruhiyati, badiiy g‘oya, ma’naviy izlanish.

Abstract

Annotatsiya:  Aleksandr  Arkadevich  Faynber  XX  asr  o’zbek  adabiyotining 
zabardast vakili,o’zbek adabiyotining yangi davrda gullab-yashnashi uchun beqiyos 
xizmat qilgan,milliy adabiyotimizni butun dunyoga tanitgan atoqli ijodkordir.Uning 
ijodiyot  yo’li  milliy  adabiyotimizda  alohida  bosqich  hisoblanadi.Shoir  she’riyat 
yo’lida  inson  qalbi,davr  ruhi,zamonaviy  asr  muammolari  va  ma’naviy  izlanishlarni 
teran  falsafiy  qarashi  bilan  batafsil  tahlili  etgan.Faynberg  faqatgina  lirik  shoir 
emas,ruhiy jarayonlarni nozik sezadigan,inson qalbi tubidagi yashirin dunyosini badiiy 
ifoda eta oladigan mahoratli ijodkor sifatida qadrlanadi.U yashagan davr murakkab 
ijtimoiy,siyosiy va madaniy muammolarga to’lib toshgan davr edi.Jamiyatda,odamlar 
hayotida shovqin-suron,tezlik,tashqi faollik kundan kunga kuchayib borar,insonlar esa 
ichki olamlarini egallab olayotgan sukunat va yog’izlik hissi bilan yuzma-yuz kelar 
edilar.Ana shunday ruhiy va tarixiy sharoit Faynberg ijodining yo’nalishiga aniqlik 
kiritadi.Uning  she’rlarida  inson  va  jamiyat  munosabati,tashqi  hayot  va  ichki 
kechinmalar  orasida  yuzaga  kelayotgan  ziddiyatli  jarayonlar,muloqot  va 
begonalik,sukunat  va  bezovtalik  kabi  bir  biriga  qarama-qarshi  tushunchalar  o’zaro 
bog’liq holda ifodalab beriladi.Faynberg falsafasiga xos jihat shuki,u hayotiy detallar 
orqali  teran falsafiy xulosa beradigan asarlarni yarata oladi.U atrofidagi reallikda yuz 
berayotgan  manzaralarni  teran  ma’naviy  mazmun-mohiyat  bilan  boyita  oladi.U 
asarlarida kundalik hayot unsurlari,jamiyatdagi mayda holatlar,shaxsiy kechinmalarni 
qo’llaydi.Biroq bularning barchasi uning ijodiyotida keng ma’noga ega bo’lib,inson 
mavjudligining  murakkab  savollarini  o’rtaga  tashlaydi.Shoir  uchun    she’r  nafaqat 
badiiy shakl,balki hayot bilan muloqot,dunyoni anglash,qalbga ozor berib kelayotgan 
iztiroblarni ifodlash vositasi hamdir.Zamonaviy inson kundalik hayotiga xos bo’lgan 
xususiyat  bu  uning  doimiy  ravishda  axborot  oqimi,tezkor  o’zgarishlar,shovqin  va 
tashqi faoliyat ichida yashashidir.Ammo bu shiddatli hayot ruhiy tarzi ruhiy bo’shliq 
,yolg’izlik  va  ma’naviy  bezovtalik  muammolarini  keltirib  chiqarmoqda.Faynberg 
asarlarida  aynan  mana  shu  dolzarb  masalarga  befarq  emasligini  ko’rsatadi.Uning 
asarlarida  insonning tiriklik hissini yo’qotmaslik,muloqotga ehtiyoj,hayotiy harakat 
va  ichki  izlanishlar  muhim  o’rin  tutadi.Ushbu  maqolada  Aleksandr  Arkadevich 
Faynbergning „Meni bezovta qil hamisha, har on“ she’ri tahliliga bag’ishlangan. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Aleksandr Arkadevich Faynberg. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom

nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.

2. Aleksandr Arkadevich Faynberg. She’rlar to‘plami. – Toshkent: Oʻzbekiston

nashriyoti, 1975.

3. Qosimov B. Adabiyot nazariyasi asoslari. – Toshkent: Fan, 2002.

4. Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1999.

5. Oʻzbek adabiyoti tarixi. 5-jild. – Toshkent: Fan, 1980.

6. Yo‘ldoshev Q. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.

7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg

8. https://yuz.uz/uz/news/aleksandr-faynbergning-yorqin-xotirasi

9. https://arboblar.uz/uz/people/fajnberg-aleksandr-arkadevich

10. https://arm.samdchti.uz/library/download/692

Published

2026-02-22

How to Cite

Nurmaxmatova Firuza Rasulovna. (2026). ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “MENI BEZOVTA QILMA HAMISHA,HAR ON…” SHE’RI TAHLILI . TADQIQOTLAR, 80(3), 32-37. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/19644