ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “OKEANNI YORIB SUZADI KEMA” SHE’RIDA VATAN VA INSON TAQDIRI FALSAFASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Vatan, inson va makon, ma’naviy ildiz, taqdir, Vatansizlik fojiаsi, ota-ona xotirasi, bolalik timsoli, hayot falsafasi, badiiy obraz, qarama-qarshilik, lirizm, sadoqat, ruhiy iztirob, milliy o‘zlik.Abstract
Annotatsiya: XX asr o’zbek she’riyatida inson ruhiyatini,tarixiy sinovlarini va
Vatan tushunchasini yangi badiiy uslubda yoritib bergan namoyondalar talaygina.Bu
davr adabiy jarayonida shaxs va jamiyat,inson va makon,xotira va taqdir mavzulari
she’riyatning markazida edi.Ayniqsa bu davrga kelib Vatan tushunchasi geografik
makon ma’nosidan yuqoriroq talqin qilish bosqichiga o’tib,ma’naviy va ruhiy hodisa
sifatida e’tirof etila boshlandi.Shoirlar uchun Vatan bu tug’ilgan joyning nomi yoki
xaritadagi o’rni emas,balki insonning ichki olamini shakllantiruvchi,uning borlig’iga
ma’no jo etib,to’ldiruvchi muqaddas qadriyatdir.Ana shunday davr falsafiy-ruhiy
yo’nalishi bilan hamohang tarzda ijod faoliyatini olib borgan ijodkorlar qatorida
Aleksandr Arkadevich Faynberg alohida o’rin tutadi.Uning she’riyati o’zining
samimiyligi,tasvirlanayotgan obrazlarning soddaligi va shu soddalik zamirida yotgan
teran fikr-mulohaza bilan farqlidir.Fanberg ijodiyotida inson taqdiri,bolalik
xotiralari,ota-ona siymosi,sadoqat,muhabbat va eng avvalo Vatan tuyg’usi yetakchi
mavzulardan biri hisoblanadi.Shoirning hayotda orttirgan tajribasi,turli davrlarda
yashab,ularning ruhini to’laqonli ko’nglidan o’tkazgani,boshidan kechirgan barcha
hodisalar uning asarlarida teran ichki kechinmalar ko’rinishida yuzaga
chiqadi.Faynberg she’rlarida Vatan ko’pincha bevosita madh etilmaydi.Shoir
qandaydir insonni g’ururlantirib yuboradigan shiorlar,balandparvoz so’zlar o’rniga
kichik hayotiy detallarni asarlarida qo’llab, ta’sirchan obrazdagi Vatan tushunchasini
o’quvchi ongida gavdalantiradi.Bu fazilat shoir uslubiga xos bo’lgan noyob xislat
bo’lib,unda yurt tuyg’usi tashqaridan chiroyli ko’rinib ko’zni quvnatadigan dabdaba
ko’rinishida emas,balki ichki ehtiyoj ko’rinishida talqin etiladi.Inson qayerda
bo’lmasin,uning qalbida bolalik nafasi singgan maskan yashaydi.”Okeanni yorib
suzadi kema…” misralari bilan boshlanuvchi she’r ham Faynberg ijodining mana
shunday ruhiy qatlamlarini o’zida mujassam etgan go’zal asardir.Ushbu maqola
Aleksandr Arkadevich Faynbergning yuqorida ta’kidlaganimiz “Okeanni yorib suzadi
kema…” satri bilan boshlanuvchi she’ri tahliliga bag’ishlangangan.
References
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Aleksandr Faynberg. – T.: Ijod nashr, 2021.
2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Aleksandr_Faynberg
3. https://arm.samdchti.uz/library/download/692
4. Yo‘ldoshev Q. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010.
5. Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1999.
6. Aleksandr Arkadevich Faynberg. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom
nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1980.