ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “YULDUZ” SHE’RI TAHLILI

Authors

  • Nurmaxmatova Firuza Rasulovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar:Yulduz timsoli, chiroqchi obrazi, falak va inson, umid va zulmat, taqdir falsafasi, ichki nur, ramziy tasvir, lirik qahramon, ruhiy izlanish, falsafiy lirika, hayot va o‘lim qarama-qarshiligi.

Abstract

     Annotatsiya: XX asr o’zbek adabiyoti  taraqqiyotida turli millat va madaniyat 
vakillarining  ijodiy  hamkorligi  natijasi  o’laroq  rang-barang,falsafiy    teran  she’riyat 
shakllandi.Aleksandr  Arkadevich  Faynberg  mana  shunday  o’zgarishlar, 
hamonagliklarga bor adabiy muhitda o’z ovozi, ijodiy iste’dodi bilan ajralib turgan, el 
orasida  shuhrat  va  hurmat  qozonga  jonkuyar  ijodkorlardan  biridir.U  o’z  asarlarida 
inson qalbining eng tubida joylashgan torlarni nazokat bilan cherta olgan,o’sha davr 
jamiyati  bilan  birga  hayotda  yuzaga  keladigan  murakkab  savollarga  she’riy  javob 
izlagan.U o’zi yashagan davr ma’naviy muhitini badiiy so’z vosiyasida yoritib bergan 
yuksak  mahorat  egasidir.Faynberg  she’riyati  bir  o’qib  ko’rganda  sodda  va  ravon 
tuyuladi,biroq  mazmun  jihatdan  nihoyatda  chuqur,bir  necha  marta  diqqat  bilan 
o’qiganda ham yangi ma’nolar anglatadigan falsafiy mushohalar to’plami.U yozgan 
har  bir  satrda  tashqarida  ro’y  berayotgan  voqelik  bilan  ichki  ruhiy  olam  o’rtasida 
suhbat kechadi.Shoir inson tabiatini,unga xos fazilatlarni tabiat manzaralari, osmon, 
jismlar, dengiz, shamol, yorug’lik va zulmat timsollarini vositasida tasvirlab beradi.Bu 
obrazlar  shunchaki  she’riy  bezak  emas,balki  ramziylik  asnosida  yoritilgan  inson 
hayotidir.Ayniqsa  yorug’lik  va  zulmat  to’qnashuvi,hayot  va  o’lim  haqidagi 
mushohadalar,umid va umidsizlik o’rtasidagi ziddiyatlar Faynberg lirikasining asosiy 
mavzularidan  hisoblanadi.Shoir  ijodida  yulduz  obrazi  alohida  ahamiyat  kasb 
etadi.Yulduz qadim o’tmishdan insoniyat ong-u shurida yo’l ko’rsatuvchi belgi,orzu 
va  armon  timsoli,baxt  va  taqdir  ramzi  sifatida  talqin  qilinib  kelinadi.Faynberg 
asarlarida  yulduz  shunchaki  osmondagi  bir  oddiy  jism  emas,inson  ichidan  taralib 
turuvchi  yog’du,shaxsiy  taqdir,o’ziga  xos  yo’l  va  insonning  o’zligini  anglatuvchi 
timsol sifatida xizmat qiladi.Uning she’rlarida yulduz bu- umidning aslo so’nmaydigan 
nuri,insonni  o’z  mavjudligi  asosida  his  qilish  ehtiyoji,qalbning  eng  chuqur 
qatlamlarida  yashirin  orzularning  yorug’  ifodasidir.Aleksandr  Arkadevich 
Faynbergning  o’zi  tomonidan  yozilgan  “Yulduz”  she’ri  ham  shoir  she’riyatiga  xos 
mana  shunday  badiiy-estetik  xususiyatlarni  o’zida  mujassamlashtirgan  durdona 
asarlardan  hisoblanadi.Mazkur  maqola  Faynbergning  “Yulduz”  she’ri  tahliliga 
bag’ishlanadi. 

References

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati bo‘yicha ilmiy maqolalar to‘plami. –

Toshkent: Turon zamin ziyo.

2. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy

ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti.

3. Aleksandr Arkadevich Faynberg. Tanlangan asarlar. – Toshkent: G‘afur G‘ulom

nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, turli yillar nashri.

4. Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Toshkent: Akademnashr.

5. Rasulov A. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Fan nashriyoti.

6. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-she-riyati/rus-she-

riyati/aleksandr-faynberg-1939-2009

Published

2026-02-22

How to Cite

Nurmaxmatova Firuza Rasulovna. (2026). ALEKSANDR ARKADEVICH FAYNBERGNING “YULDUZ” SHE’RI TAHLILI . TADQIQOTLAR, 80(3), 43-47. https://journalss.org/index.php/tad/article/view/19646